bir dona marvarid topdi. Ul marvaridni cho'qub-cho'qub, nola qilub: «Oh, aqlsiz
odam bolalari! Hech narsaga yaramaydurgon narsalarni qadrlik bilub, eng qadrlik
narsalarni qadrin bilmaslar. Hozirda man buni tobg'uncha, bir dona bug'doy tobsam
edi, manga ovqat bo'lur erdi», — deb xafa bo'lurdi.
Har kishi o'z nafsiga bir pul uchun g'avg'o qilur, Boshqaga ming so'm zarar
kelsa, qachon parvo qilur. Har kirn o'z qornin adosidur, agar eshondur, Qushdur,
insondur, o'zining qornig'a qurbondur.
Do'stlaringiz bilan baham: