YALG'ON DO'ST
Bir vaqt iki kishi do'st bo'lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog' ichindan
ketub borgonlarinda uzog'dan bir yo'lbarsni ko'rmishlar. Do'stlarning bid darhol
yugurub bir daraxt ustiga chiqmish. Ikinchisi shoshilub qolub, nima qilishin
bilmay, yerga cho'zulub, o'likg'a o'xshab yotmish. Yo'lbars kelub iskab-iskab o'luk
gumon qilub qaytub ketmish. O'rtog'i daraxtdan tushub: «Birodar, yo'lbars
qulog'inga nima deb so'zlab ketdi?» — deb so'ramish. Yoidoshi: «Oh, do'stim!
Shodlig'ingda o'rtog' bo'lub, g'am vaqtingda tashlab qochadurg'on nomard kishilar
ila yo'ldosh bo'lma!» - deb so'zlab ketdi, deb javob bermish.
Do'stlaringiz bilan baham: |