Abdujabbor muhammadiyev


§1.  Modellashtirish  m etodi



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

§1.  Modellashtirish  m etodi
Modellashtirish-bu  bilvosita  nazariy yoki  amaliy  bilish  obyektin- 
ing  har xil  modellarini  yaratish  va  undan  ilmiy  ijodda  foydalanish 
imkonini  beruvchi  ilmiy  metoddir.  Modellashtirish  jarayonida  ayrim 
yordamchi  obyekt -   modeldan  foydalaniladi.
Matematik  model  -  o'rganilayotgan  obyekt  asosiy  xossalarini 
ifodalovchi  va  u  haqidagi  ko'plab  informatsiyani  qulay  shaklda 
tasvirlovchi  sun’iy tizim.
Matematik  modellashtirish  vazifasi  "mavjud  olam”ni  matematika 
tilida  bayon  etishdan  iboratdir.  Bu  uning  eng  ahamiyatli  xususiy- 
atlari  haqida  ancha  aniq  tasawurga  ega  bo'lish  uchun  imkon 
beradi va  aytish  mumkinki,  bo'lajak  hodisalami  bashoratlash  mum­
kin  bo'ladi.  Bu  holat esa  ayni  “matematik  modellashtirish” termini- 
ni  ifodalaydi.
Model  uni  o'rganish  jarayonida  obyektiv  hodisa  yoki  jarayon- 
ning  xususiyatlari  haqida  yangi  ilmiy  axborot  berish  qobiliyatiga 
ega.  Bilish  jarayonida  foydalaniladigan  model  obyektiv  voqelik 
bilan  ma’lum,  har safar maxsus  qayd  etiladigan  va  aniqlanadigan 
munosabatda  bo'ladi.  Modelni  o'rganish  jarayonida  aniqlangan 
sifat  va  xususiyatlar  so'ngra  modellashtirilgan  hodisaning  o'ziga 
ko'chirib  o'tkaziladi.  Bu  metodning  asosida  tabiiy  fanlar sohasida 
ishlab  chiqilgan  o'xshashlik  nazariyasi  yotadi.  Modelning  vazifasi 
bilish  obyektini  elementlarga  ajratish,  uning  ayrim  muhim  element- 
larini  ajratib  olib,  ulami  formalizatsiya  qilish  va  tizimli-strukturaviy 
tahlil  tilida  ifoda  etishdan  iborat.
Yurist  uchun  modellashtirish  metodi  -   bu  huquqiy  tartibga 
solish  va  davlat  boshqaruvi  sohasida  vujudga  keladigan  spetsifik 
muammolami  chuqur  o'rganishning  ilmiy  va  amaliy  vositalaridir. 
Bu  metoddan  huquq  normasining  amal  qilish  mexanizmini 
o'rganishda foydalanilishi  mumkin.  Huquq  normasining  amal  qilish 
mexanizmi  deganda  bu  normaning  talablarini  uning  bajarilishini 
ta’minlaydigan  huquq  subyektlari, jamoalar va  jamiyatdagi  ijtimoiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


tabaqalarga  bilvosita  o'tkazuvchi  yuridik va  ijtimoiy  hodisalar, jaray- 
onlar va  omillar tushuniladi  (4-rasm).  Bu  mexanizm  huquqni qo'llash 
faoliyati  sohasida  ham  amal  qiladi.  Uni  shuningdek  huquq  norma­
si  va  ijtimoiy  munosabatlaming  mazkur  turi  o'rtasidagi  sababiy 
aloqa  sifatida  ham  talqin  qilish  mumkin.
Bugungi  kunda  yuridik fani  sohasida  quyidagi  modeller yaratil­
gan  va  tahlildan  o'tkazilgan:
huquqiy  tartibga  solish  mexanizmining  modellari; 
huquq  normalarining  mantiqiy-matematik  modellari; 
jinoyatchilikning  ahvoli,  sabablari va  dinamikasining  kriminologik 
modellari;
statistik  modellar.
Umumiy  huquq  nazariyasiga  muvofiq  ijtimoiy  munosabatlar hu­
quqiy  tartibga  solishning  obyekti  hisoblanadi.  Tlzimli  yondashuvda 
bu  qoida  konkretlashtirilishi  mumkin.  Tizimli-kibernetik  nuqtai 
nazardan  o'zaro  aloqador  elementlarning  yaxlit  birligi  sifatida  tus- 
huniladigan  ayrim  ijtimoiy  tizim  huquq  normasi  ta’sirining  obyekti 
hisoblanadi,  deb  aytish  mumkin.  Buning  natijasida  «ijtimoiy  muno­
sabatlar»  tushunchasini jiddiy operatsionalizatsiya  qilishga  muvaf- 
faq  bo'linadi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish