Turli mamlakatlarda axborotlashtirish jarayonlarining jadal
rivojlanishi shunga olib keldiki, axborot masalalari huquq va
qonun hujjatlarida o'z ifodasini topa boshladi. Ayrim qonun hujjat-
larida axborotga ta’rif ham berib o'tilgan. Uning oshkoralik prinsi-
plari, axborot olish imkoniyatlari, shuningdek kompyuter axborot-
larining haqiqiyligi prezumpsiyasi belgilab qo'yilgan. Axborot olish
huquqiga inson va fuqaroning qonunan qo'riqlanadigan tabiiy va
ajralmas huquqi sifatida qaralgan.
Jumladan, AQShda 1967 yili «Axborot erkinligi to'g'risida»,
1974 yili - «Shaxsni qo'riqlash to'g'risida» (shaxsiy ma’lumotlaming
huquqiy rejimini tartibga soladi) Qonunlar, shartli ravishda «Huku-
mat kun yorug'ida» deb nomlangan Qonun, 1978 yili - «Fosh
qiluvchilar to'g'risida» Qonun qabul qilingan. «Axborot erasidagi
huquqlar to'g'risidagi qonun loyihasi» (1990) - AQSH federal
hukumatining axborot olishni ta’minlash prinsiplari haqidagi hujjati
bo'lib, u federal hukumatning barcha idoralari, ma’muriyat va
xususiy tarmoq tomonidan axborotlar sohasidagi siyosatni amalga
oshirishda qo'llash uchun majburiy hisoblanadi. Unda umum foy-
dalanadigan axborotlar milliy boylik bo'lib, ular
jamiyat manfaatlar-
ida ko'paytirilishi va saqlanishi lozimligi e’tirof etilgan.
AQSH Adliya vazirligi 1978 yili chop etgan jinoyat kodeksida
«kompyuter jinoyati» tushunchasi uch toifaga ajratilgan:
1) kompyutemi suiste’mol qilish — foyda olish maqsadida
kompyuterdan foydalangan holda boshqa shaxslarga zarar
yetkazgan yoki zarar yetkazishi mumkin bo'lgan qator qilmishlar;
2) jinoyatni sodir etishda kompyuterdan to'g'ridan-to'g'ri no
qonuniy foydalanish;
3) muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kompyuter texnologi-
yasini bilish talab etiladigan har qanday noqonuniy qilmish.
Fransiyaning 1978 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Informatika,
kartotekalar va erkinliklar to‘g‘risida»gi Qonunida fuqarolarning
shaxsiy axborotlarni avtomatlashtirilgan yo'sinda qayta ishlash
sohasidagi huquqlari belgilangan. Haq-huquqlar mufassal tartibga
solingan va kafolatlar o'rnatilgan. Informatika va erkinliklar Milliy
komissiyasi davlat idoralari va fuqarolar shaxsiy axborotlarga
avtomatlashtirilgan yo'sinda ishlov berishda qonun qoidalariga
amal qilishlarini nazorat qiladi. 1978 yil 17 iyulda qabul qilingan
«Boshqaruv organlari va jamoatchilik o'rtasidagi munosabatlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risidagi qonun»da boshqaruv huj-
jatlaridan (dosye, dokladlar, tadqiqotlar, bayonnomalar, statistik
materiallar, farmoyishlar, yo'riqnomalar va boshqalardan) foy-
dalanishning huquqiy tartibi o'rnatilgan.
70- yillarda G'arbiy Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida va
AQShda axborotlarni muhofaza qilish to'g'risida qonunlar qabul
qilindi. Shu bilan bir vaqtda, xalqaro axborot huquqining tegishli
normalari ham yaratildi. 1985-yili Kanadada «Axborot olish
to'g'risida» Qonun qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: