§ 1 . Huquqni qo'llash va huquqni muhofaza qilish
faoliyatini axborotlashtirish vazifalari
Huquqni qo'llash - bu vakolatli organlarning ushbu (muayyan)
holatda yuridik normalarni amalga oshirish borasidagi maxsus
tashkil qilingan harakatlardan iborat davlat-hokimiyat faoliyatidir.
Bu yuridik faoliyatning asosiy shakllaridan biri bo'lib, uning maz-
muni pozitiv huquq talablarini uning subyektlarining real xulq-
atvoriga o'tkazishdan iborat. Bunda umumiy huquqiy tartibga
solish individual huquqiy tartibga solish bilan almashtiriladi.
Huquqni qo'llash faoliyatini uning subyektlariga qarab turkum
lash mumkin. Huquqni qo'llash faoliyatining asosiy subyekti -
sud. Sud huquqni qo'llash faoliyatini adliya yo'li bilan amalga
oshiradi. Boshqa subyektlar - prokuratura organlari, IIV (har biri
Do'stlaringiz bilan baham: |