Sintagm atik m unosabat
S o ‘z nu tq ja ra y o n id a o ‘zaro b o g 'la n ib , k e tm a -k e tlik k a
asoslangan munosabatga kirishadi. K etm a-ketlik xususiyati ikki
elementning bir vaqtda talaffuz qilinishiga imkon bermaydi. Bu
elem entlar nutq oqimida biri ikkinchisi orqasidan teriladi. Ana
shunday ch o ‘ziqlikka ega bo'lgan bog‘larrish F.de Sossyur fikriga
ko‘ra, sintagma sanaladi.
Sintagma doimo eng kamida ikkita ketma-ketlik birliklarining
o ‘zaro munosabatidan tashkil topadi.
Sintagm a a'zo lari o ‘zidan oldin yo o ‘zidan keyrn kelgan
birliklarga yoki har ikkisiga zidlanishiga ko‘ra m a'lum qiymatga
ega bo ‘ladi.
Sintagma ikki va undan ortiq birliklarning erkin bog‘lanishi
natijasida hosil bo'lganligi uchun sintagmatik munosabatni ayrim
mualliflar nutqqa xosligmi ta'kidlaydilar.
Lekin F.de Sossyur uning ham tilga, ham nutqqa dahldor
ekanligini ko‘rsatadi. Uning fikricha, sintagmaning tipik ko‘rinishi
gap bo‘lsa ham, lekin bunday gap nutqqa xos bo'Iganligidan kelib
chiqib, sintagma faqat nutqqa dahldor bo ‘ladi, degan xulosaga
kelmaslik kerak.
Nutqning xarakterli belgisi elementlarning erkin almashinishidir.
Ana shundan kelib chiqib, sintagmaga yondashadigan b o ‘lsak,
sintagmaga dahldor bo‘lgan bir qator sintaktik qurilmalar barqarorlik
xususiyatiga ega ek an lig in i k o ‘rsatad i. M asalan , m aq o llar,
frazeologizmlar va boshqalar. Bunday ifodalar nutq jarayonida hosil
qilinmaydi, balki an'anaga ko‘ra tayyor holda nutqqa olib kiriladi.
B undan tashqari, m a'lum qoidalar asosida qurilgan barcha
sintagmalarni ham nutqqa emas, balki tilga kiritish lozim, deydi.
Chunki bunday qurilmalarning tilda tayyor nam unalari mavjud
1 SossyurF.de. 0 ‘sha asar, 156-bet.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
b o ‘ladi. Shuningdek, muayyan shablonlar asosida shakllangan
birikma va gaplar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Bunday
shablonlar so‘zlovchi xotirasida oldindan mavjud bo ‘ladi.
Sintagm atik butunlik
F.de Sossyur sintagm atik butunlik tushunchasiga ham e ’tibor
beradi. Uning ta ’kidlashicha, barcha til birliklari yo nutq oqimidagi
qurshovga yoki o ‘zini tashkil etgan elem entlarga bog'liq b o ‘ladi.
Bunga so ‘z yasalishining yaqqol m isol b o 'lish in i k o ‘rsatadi.
M asalan, ishla so‘zi ikkita quyi birliklarga bo'linadi: ish-la. Lekin
ular o ‘zaro oddiy bog'langan ikkita alohida-alohida qismlar emas,
balki o ‘zaro bog‘iiq bo'lgan elem entlarning butunlik tarkibida
o 'z a r o h a m k o rlig i tu fay li m u ay y an q iy m atg a ega b o ‘lgan
qism lardir:-la o'zich a mavjud b o ‘lmaydi. Tilda u tuz-la, yod-la
kabi bir qator asos qism larning mavjudligi hisobiga o ‘z o'rniga
ega bo'ladi.
Shu bilan birga asos qism ham unga ergashib keluvchi sufikssiz
m a'lum qiymatga ega boMmaydi. Butunlik qiymati uning qismlari
asosida arriqlanadi. Qismlarrring qiymati esa butunlik tarkibidagi
o ‘rni bilan belgilanadi. B undan esa qismning butunga bo ‘lgan
munosabati butunning qismlari o ‘rtasidagi munosabat kabi katta
ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Sossyur butun va bo ‘lak o'rtasidagi
munosabatni ham sintagmatik m unosabat hisoblaydi.1
Ikki va u n d a n o rtiq e le m e n tla rn in g o ‘zaro b o g ‘liq m u -
nosabatidan tashkil topgan butunlikn: sintagmatik butunlik deb
hisoblaydi va u tilning barcha qatlam larga m ansub ekanligini
ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tilda o'zining qismlari bilan ham, o ‘ziga o ‘xshash
boshqa birliklar bilan ham sintagmatik munosabatga kirishmaydigan
ayrim birliklar mavjudligini ta'kidlaydi.
Bunday birliklarga gap ekvivalenti bo ‘lib keladigan ha, yo‘q,
albatta, rahm at singari birliklar kirishi, lekin ularning mavjud
1 Sossyur F.de. 0 ‘sha asar, 100-bct.
4 — A. Nurmonov
49
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lishi, tilning um um iy smtagmatik m unosabat tamoyilini rad
etmasligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |