mashaqqatli
va shu bilan birga sharafli mehnatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi”
faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘r-satgan san’at arbobi, mohir sozanda va sozgar,
jonkuyar ustoz
Usta Ro‘zimatxon Isaboyev
(1885-1964) Namangan shahrida
dunyoga keladi. U yoshligidanoq musiqaga mehr qo‘yib, dutor chalishni juda erta
95
o‘rganadi. Tog‘asi uni sho girdlikka va o‘z tarbiyasiga oladi. Bir kuni tog‘asi yosh
Ro‘zimatni dutor chalayotganini ko‘rib, qizib turgan otashkurakni yelkasiga bosib,
“Kimsan falon kishini jiyani mashshoq bo‘libdi desa, qanday bosh ko‘tarib
yuraman”, deya koyib beradi. Tog‘asining qarshiligi R.Isaboyevni san’atni
tashlashga emas, balki mo-hir sozanda bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Boshqa sozandalar
kabi u ham dutor, tanbur, chang cholg‘ularni chalishni o‘rganadi.
Ro‘zimat aka nafaqat soz chalishni, balki barcha milliy chol-g‘ularni
maromiga yetkazib yasashga erishadi. 1902 yillarda Qashqardan kelgan sozanda
Ramazonoxunning choyxonalarda chang chalishidan ilhomlanib, uning bu
cholg‘uga qiziqishi o‘y-g‘onadi. O‘sha paytda bu cholg‘uning hajmi ham, shakli
ham boshqacharoq bo‘lgan. Qashqarlik sozanda o‘z cholg‘usining tuzilishini sir
ushlashiga qaramay, uddaburon Usta Ro‘zimat aka bu cholg‘uni yaqindan
ko‘rishga muyassar bo‘ladi va o‘ziga chang yasab oladi. Usta yasagan changning
hajmi kattaroq bo‘lib, u har bir tovush balandroq eshitilishi uchun to‘rtadan tor
taqadi - bu urinish aynan cholg‘uning ovoz jarangdorligini oshirish maq-sadida
qilingan bo‘lishi mumkin.
Ustozi Jalolxon Mirzarahimovning: “Soz yasashni bilmagan sozanda, sozanda
emas” - degan gaplariga amal qilib, o‘zbek mu-siqa cholg‘ularini barchasini
bejirim yasashga erishadi. R.Isabo-yev bir necha yarim xromatik changlar yasab,
birinchi bo‘lib Namanganda bu cholg‘uni ansambl jamoasiga qo‘shgan inson edi
1
.
Usta Ro‘zimat shogirdlar qalbiga ham yo‘l topa olgan us-tozdir. Uning shogirdlari
ustozlari haqida shunday deyishadi: “Usta Ro‘zimat aka shogirdlariga juda
mehribon edilar, ularning nihoyatda quvvai hofizasi kuchli edi, yangi kuyni bir
marta eshitdilarmi, eslaridan chiqarmasdi. Shashmaqomni qayeridan so‘rasangiz
o‘sha joydan darrov xirgoyi qilib berardilar. U kishi jonli nota edi”
2
. Usta Ro‘zimat
Isaboyev butun umri davomida o‘zbek musiqa madaniyatining taraqqiyotiga,
qolaversa sozgarlik san’atining ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan betakror insondir.
1
Аbduvaliyev А. Оhanglarda yaralgan olam. O‘zbekistn san’ati. № 10, 1978,13-bet.
2
O‘sha manba
,
14-bet.
96
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi, mohir sozgar Usta
Do'stlaringiz bilan baham: |