Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

To‘lqinlatish – 
(vibrato) deyarli barcha xalq cholg‘ulari va ashula ijrochiligi 
uchun xos bezak. Tanburda barmoqni pardaga bosib noxun bilan urilgandan so‘ng 
barmoqning  o‘zida  torni  vertikal  holda  bosib  titratish  yo‘li  bilan  hosil  qilinadi. 
Shuningdek, ushbu bezakdan butun, yarimtalik, choraktalik va nimchorak notalarni 
ijro etganda foydalanish mumkin. 
Nolish  – 
yarim  tongacha  bo‘lgan  o‘ziga  xos  yirik  bidratma.  Tanburni 
chalganda  bu  usul  chap  qo‘l  barmoqlarini  bir  tekisda  dastada  vertikal,  chuqurroq 
bosib harakatlantirish bilan ijro etiladi. Bu bezak belgisi orqali ifodalanadi. 
Molish  – 
barmoqni  bir  tovushdan  ikkinchi  tovushga  ohangdor,  ohista 
sirg‘altirish  usuli.  U  “glissando”  ga  yaqin  bo‘lib,  badiiy  talqin  etishning  muhim 
vositalaridan  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  tovush  chiqarishning  bir  necha  turlari 
bilan xarakterlanadi: 
a)  kvartadan  oktavagacha  va  undan  ham  ortiq  intervallarda  (pastdan 
yuqoriga,  shuningdek,  ba’zi  hollarda  yuqoridan  pastga)  bir  tovushdan  ikkinchi 
tovushga  sirg‘alib  o‘tish.  Bunda  sirg‘alish  boshlang‘ich  tovushni  oluvchi 
barmoqdan boshlanadi, keyingi ton boshqa barmoq bilan olinadi; 
b) kichik va katta sekunda hamda tersiya intervallarida pastdan yuqoriga va 
yuqoridan pastga bir tovushdan ikkinchi tovushga bir barmoqda sirg‘alib o‘tiladi. 
Bir  barmoqning  sirg‘alishi  boshqa  (yuqoridagi  yoki  pastdagi)  barmoq  bilan 
almashtirilgan usul ham uchrab turadi. Bu holda, qo‘lning tanbur dastasiga ko‘proq 
tayanch  holdagi  o‘ziga  xos  glissando  hosil  bo‘ladi,  bunda  tor  bir  xil  kuch  bilan 
tekis musiqiy sado beradi; 
v)  barmoqning  bir  necha  yondosh  tovushlar  (ton  yoki  yarim  ton)  bo‘yicha 
birin-ketin sirg‘alishi. Bu usul faqat bir barmoq bilan bajariladi. 
Molish an’anaviy musiqa ijrochiligida keng qo‘llaniladi. 


 
53 
Kashish  – 
yarim  ton  doirasida  amalga  oshiriladigan  bezak  usuli.  Bunda 
barmoqlar  tanbur  dastasida  pardaga  bosiladi  va  ikkinchi  barmoq  bilan  vertikal 
holda  yarim  tongacha  tor  eziladi.  Yarim  tongacha  bo‘lgan  kashishning  nota 
ustidagi belgisi 
Butun ton doirasida amalga oshirish  uchun  ikkinchi barmoq asosiy pardaga 
bosiladi va birinchi barmoq yordamida vertikal holda pastdagi pardada tor eziladi. 
Bir tongacha bo‘lgan kashishning nota ustidagi belgisi 
a) bir zarbli kashish: 
b) ikki zarbli kashish: 
v)  uch, to‘rt zarbli kashish  (bunda zarblar  ixtiyoriy ravishda  har  xil  bo‘lishi 
mumkin): 
g) rez – (tremola) – usulli kashish: 
kashishning  barcha  ko‘rinishi  an’anaviy  musiqa  ijrochiligida  keng 
qo‘llaniladi. 
Quyida  yarim  ton  doirasidagi  bir,  ikki,  uch,  to‘rt  va  rez  usulli  kashishlarni 
kuy ijrolarida qo‘llanilganligiga (qisqa kuy jumlalari orqali) misollar keltiramiz. 
Mazkur  darslikda  berilgan  barcha  kuylarni  ijro  etishda  qo‘llaniladigan 
zarblar,  bezaklar  Rifatilla  Qosimovning  “An’anaviy  tanbur  ijrochiligi  ” 
(“Cho‘lpon”  nashriyoti,  Toshkent  –  2002  yil)  nomli  darsligidan  namuna  sifatida 
olindi. Ushbu darslikdagi kuylar esa oddiy va ravon nota yozuvlari asosida berildi. 
Sababi,  o‘ta  murakkab  nota  yozuvi  va  unda  aks  etadigan  zarb  hamda  bezaklarni 
to‘laligicha  yozish  o‘rganuvchiga  bir  oz  bo‘lsada  qiyinchilik  tug‘diradi.  Shuning 
uchun  mutaxassis  ustoz  –  sozanda  va  tajribali  o‘qituvchilar  darslikdagi  kuylarni 
o‘z  shogirdlariga  o‘rgatishlarida  jonli  muloqot  orqali  musiqiy  asarlarga  ijodiy 
yondoshishlarini tavsiya etamiz.  
 
2.
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish