Abdufattox abdugapparov


 Musiqiy asarlar ustida ishlashning umumiy yo‘llari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

2. Musiqiy asarlar ustida ishlashning umumiy yo‘llari 
 
Har  bir  sozandaning  musiqiy  asar  ustida  ishlashi  o‘ziga  xos  bo‘lib,  ushbu 
jarayonga  har  kim  o‘zicha  yondoshadi.  Ammo  musiqiy  asarlar  ustida  ishlash 
jarayonining  yillar  davomida  shakllangan  barcha  uchun  umumiy  tomonlari 
mavjud. Buni asosan uch bosqichga taqsimlash mumkin. 
Birinchi  bosqich  –  musiqiy  asar  bilan  tanishuv  va  ijrochilik  rejasini 
shakllantirish  bo‘lib,  ustozona  tajribaga  asoslanadigan  bo‘lsak,  dastlab  asar  bilan 
tanishib  umumiy  tasavvur  hosil  qilinadi.  Undan  keyin  esa  ijrochilik  rejasi 
shakllanadi. Ijrochilik rejasi quyidagilarda o‘z aksini topadi. 
Ob’ektiv yondashuv: 
a) asarnig qaysi turga  mansubligi janri  (xalq kuylari, bastakorlik asarlari  va 
h.k.); 
b) asar tonligini aniqlash; 
v) uning shakli (xalq kuylari, maqom sho‘balari va h.k.); 
g)  qismlarining  qiyofasi  (obrazi)  va  xarakteri  (quvnoq,  g‘amgin, 
qaxramonona, hazil va h.k.); 
d) mazkur asarni chalishda shakllangan an’analar 
Sub’ektiv yondashuv: 
a)  talabaning  ijrochilik  temperamenti  (ichki  usulni  ushlab  turish,  ijrodagi 
sabr, asarlarni chalishga moyilligi); 
b) talabaning obrazli fikrlashi va ijodiy hayoloti; 


 
123 
v)  talabaning  asarga  bo‘lgan  munosabati  (u  bilan  qiziqishi,  uning  haqida 
ko‘p narsani bilishi, befarqligi). 
Shuningdek,  yangi  asarni  o‘rganishda  o‘qituvchining  tutadigan  yo‘li, 
o‘qituvchi va talaba fikrining bir maqsadga yo‘naltirilishi katta ahamiyatga egadir. 
Ikkinchi  bosqich  –  asarni  ijro  qilish  rejasini  amalga  oshirishga  qaratilgan 
bo‘lib,  eng  muhim  bosqich  hisoblanadi.  Bunda  kuy  matni  aniqlanadi,  asosiy 
ijrochilik  va  badiiy  vositalar  ko‘rib  chiqiladi.  Chunki  o‘sha  vositalar  yordamida 
asar  mazmuni  va  mohiyati  ochib  beriladi.  Musiqiy  asarlar  ustida  ishlashda  kuy 
rivoji va undagi jumlalar, davriyalar, avjlar (kulminatsiya), kuy qismlari va boshqa 
tayanch  nuqtalar  aniq  belgilanadi.  Ularning  qaysi  biri  yetakchi  yoki  yordamchi 
bo‘lishi musiqaning xarakteri va vazifalariga bog‘liq. Shuningdek asarning texnik 
jihatdan  sadolanishi,  murakkab  va  qiyin  joylari  belgilanib  olinadi  va  bo‘laklarga 
bo‘lib nota bilan xususiylikdan umumiylikka va umumiylikdan xususiylikka qarab 
xatosiz o‘rganiladi. 
Ushbu  jarayonda  o‘z  ijrosini  eshitgan  holda  tanqidiy  baholash,  qiyin 
joylarini  sekin sur’atda  chalish  tavsiya  etiladi.  Ayniqsa  texnik  jihatdan  murakkab 
bo‘laklarini turli shtrix va artikulyatsiyalar vositasida chalish katta yordam berishi 
mumkin. 
Sozanda kichik bo‘laklar ustida qancha vaqt qunt bilan ishlamasin, asarni bir 
butunligini  hech qachon esdan chiqarmasligi kerak  va ba’zida butunligicha chalib 
tasavvurini yanada boyitib borishi  maqsadga muvofiqdir. Butun ijro davomida esa 
meyor tushunchasi ustoz va shogirdning diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. 
Uchinchi bosqich – musiqiy asar ustida ishlashning yakuniy bosqichi bo‘lib, 
asarni badiiy maqsadlarini, uning qismlarini, jo‘r bo‘luvchi ko‘p ovozlarini chuqur 
o‘rgangan  holda  yod  olish,  badiiy  vazifaning  pirovard  natijalarini  aniqlash  va 
o‘rganilgan  qismlarni  bir  butun  holga  keltirish  «yig‘ish»  va  ijro  ifodasini 
takomillashtirishdan iborat. Bunda usul jo‘rligi, ayniqsa jo‘rnavoz bilan hamohang 
bir-birini  chuqur  his  qilgan  holdagi  umumiy  bir  butun  ijroni  amalga  oshiruvchi 
bosqich hisoblanadi. 
Bu  bosqichda  muallim  mazkur  asarni  chuqur  bilishi,  uni  ba’zi  murakkab 
joylarini  yengillashtirishga  harakat  qilmasligi  lozim.  Chunki  ba’zi  o‘qituvchilar 


 
124 
asarning  ma’lum  bir  murakkab  qismi  yoki  namudini  o‘quvchi  eplay  olmasa  olib 
tashlaydilar  (kupyur  qiladilar),  avjsiz  yoki  ana  shu  qismisiz  kuylatadilar  yoki 
chaldiraveradilar. Bunday ijroni to‘laqonli bir butun asar ijrosi deb bo‘lmaydi. 
Asarni  yod  olish  jarayonida  musiqiy  xotiraning  barcha  turlari:  eshitish, 
ko‘rish, sezgi-harakat, mantiqiy va «qalbdan» yod olish turlari ishga solinadi. 
Yod  olingandan  keyin  esa  yanada  ishonchli  bo‘lishi  uchun  nota  matnidan 
ham chalib ko‘rish, asar magnit yozuvini eshitib tanqidiy baholagan holda xotirada 
saqlash,  boshqa  tonlikka  ko‘chirilgan  (transpozitsiya)  holda  chalib  ko‘rish 
maqsadga  muvofiqdir.  To‘g‘ri  kelgan  –  kutilmagan  joyidan  sinab  chalib  ko‘rish 
orqali asar xotirada mustahkamlanadi. 
Musiqiy  asarlar  ustida  ishlashda  asarning  shakli  qanday  bo‘lishidan  qat’iy 
nazar yuqoridagi tamoyil va bosqichlarga asoslanadi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish