Abdufattox abdugapparov


Yakkanavoz, va turli tarkibdagi cholg'u ansambllarida ijrochilik



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

Yakkanavoz, va turli tarkibdagi cholg'u ansambllarida ijrochilik 
masalalari
 
 
Ma’lum bir musiqiy asar B.Asafev ta’biri bilan aytganda uch xil ko‘rinishda 
mavjud  bo‘ladi.  Bu  nota  matni,  ya’ni  yozuv  asosida,  ijrochi  tomonidan  talqin 


 
54 
qilingan  jonli  ijroda  va  tinglovchining  hayotiy  tajribasi  va  badiiy  obrazlarning 
uning  tomonidan  qabul  qilinishi  natijasida  asarning  haqiqiy  ijro  jarayoni  amalga 
oshiriladi. 
Musiqiy  asarni  ijro  qilish  faqat  o‘sha  kompozitor  notaga  tushirgan  fikru-
xayollarining  talqini  bo‘libgina  qolmasdan,  ijrochi  uchun  o‘ta  murakkab  jismoniy 
va ruhiy kechinmalardan iborat jarayondir. 
Ijro badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi uchun unda sozandaning diqqati, sezgisi, 
idroki, tafakkuri, tasavvuri va emosiyasi (his-tuyg‘u va hayajon) faol ishtirok etishi 
zarur. Bundan tashqari uning shaxsiy sifatlari, ya’ni musiqiy qobiliyati va iqtidori, 
quvnoqligi va jo‘shqinligi, dunyoqarashi va erkin fikrlashi, xarakteri va mintaliteti 
aks  etmog‘i  lozim.  Ushbu  shaxsiy  sifatlarning  barchasi  inson  ruhiyatining  o‘ziga 
xos  xususiyati,  badiiy-ijrochilik  ijodining  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  hali  yaxshi  tadqiq 
qilinmagan musiqiy ruhshunoslik (psixologiya) sohasiga aloqadordir. 
Diqqat – inson faoliyatining barcha turlarida bo‘lgani kabi, musiqa san’atida 
ijrochining  hissiy,  intelektual,  harakatga  keluvchi  jarayonlardagi  faoliyat 
samaradorligining  muhim  shartidir.  Musiqiy  faoliyatning  barcha  turlari  diqqat 
bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ayniqsa  jamoa  bo‘lib  ijro  qilishda  u  juda  muhimdir.  YA’ni 
ansambl  chalishdan  avval  doirachining  yoki  changchining  ko‘tarilgan  qo‘llari, 
auftakt,  yakkaxon  va  jo‘rnavoz  o‘rtasidagi  ishora  va  harakatlarning  hammasi 
musiqada diqqat deb ataladi. 
Ayniqsa  damli  cholg‘ular  ijrochisi  jismoniy  va  ruhiy  jihatlarining  barcha 
tomonlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,  ijro jarayonida  har bir cholg‘uchi o‘zining 
murakkab  markaziy  asab  tizimi,  butun  sezgi  a’zolari,  ko‘rish,  eshitish,  xotira, 
harakat  mayllari,  musiqiy-estetik  tasavvurlari  va  aqliy  faoliyatining  bir-biriga 
bog‘langan, mujassam holda qatnashishining guvohi bo‘lamiz. Bulardan «sezgi» – 
inson organizmi tomonidan eshitish, ko‘rish, hid bilish, tana sezgisi, ta’m bilish va 
h.k. a’zolari orqali moddiy dunyoni anglaydi.  
Bu  murakkab  jarayonda  sozandaning  aql-idroki  va  ruhiy  faoliyati  ijroga 
qaratilgan  bo‘lib,  u  o‘zi  hosil  qilgan  va  yonidagi  hamrohlari  yoki  jo‘rnavoz 
chalayotgan tovushlarni eshitishi, nota matni, barmoqlar applikatura pardalarini his 
qilishi,  (Nay,  qo‘shnay,  bolabonda)  lablari  puflaydigan  qismini  sezishi  natijasida 


 
55 
bosh miyaga axborot yetadi. Narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita 
ta’siri  orqali  ongimizda  aks  etishiga  «idrok»  deyiladi.  Sezgida  jismning  alohida 
qismlari,  idrokda  esa  o‘sha  jismning  barcha  tarkibiy  qismlari  bir  butunlikda  his 
qilinadi.  O‘z  ijrosini  eshitgan  sozanda  tajribasiga  tayanib  uni  tahlil  qiladi  va 
umumlashtirgan  holda  xulosa  yasab  xatolarini  tuzatish  uchun  qarshi  harakatga 
shaylanadi.  Ammo  umumlashtirish  va  xulosa  yasash  uchun  inson  fikrlashi, 
mushohada va mulohaza qilishi zarur. Bu tafakkurning vazifasi bo‘lib, «Tafakkur» 
– ob’ektiv borliqning fikrda, mushohada va aqlda uning tahlili va sintezi bilan aks 
etish  jarayonidir.  U  oliy  miyaning  eng  yuqori  mahsuli  bo‘lib,  idrokdan  farqli 
o‘laroq,  narsalarning  chuqur  mohiyati  va  mazmunini  aks  ettiradi.  Cholg‘u 
ijrochiligida buni  uch bosqichda ko‘rish  mumkin. Ijrochi dastlab ko‘rish, eshitish, 
his qilish va boshqa sezgilari orqali asarni bir butun holda (uslubi, xarakteri, asosiy 
matni, tonligi, va h.k.) anglaydi va har xil mayda jihatlarini aniqlashga intilmaydi. 
Ikkinchi bosqichda o‘z ijrochilik fikrini amalga oshirish uchun turli ijro uslublarini 
qo‘llagan  holda  sadolanish,  metroritm,  sur’at,  agogika,  dinamika  va  kuy 
jumlalariga  aniqlik  kiritadi.  qisqasi  har  bir  kuy  bo‘lagi  ustida  qunt  bilan  alohida 
ishlaydi.  Uchinchi  bosqich  ijodiy  jarayonning  murakkab  pog‘onasi  bo‘lib,  bunda 
ijrochi  ko‘rish,  eshitish,  sezgi  harakat  omillariga  va  ikkinchi  bosqichda  o‘z 
tajribasidan o‘tkazgan amaliyotiga tayangan holda asarni to‘liq va pishiq analiz va 
sintez  qilingan  shaklini  bir  butun  holda  tasavvur  etadi.  «Tasavvur»  bilimning 
ibtidosi bo‘lib, bosh miyada (analiz va sintez asosida) hosil bo‘ladi va tafakkurdan 
farqli  o‘laroq  ijrochi  hayolida  oldindan  aks  etadigan  tushunchalar  tizimi  bo‘lib, 
badiiy  ijodiyotning  barcha  turlariga  xosdir.  Tasavvurda  in’ikos  aks  etib  bosh 
miyaga  axborot  yetgandan  keyin  bosh  miya  orqali  buyruq  beriladi  va  vujud 
reflektorlarning  turtkisi,  ya’ni  to‘xtash  va  yo‘nalish  harakatlari  boshlanadi. 
Reflektorlarga  javob  tariqasida  ijro  harakatlari  va  boshqa  signal  tizimlari  ishga 
tushadi.  
Bunda  sozanda  tayyor  bo‘lgan  asarni  qanday  talqinda  chalishni  va  uning 
timsollarini  hayolida  tasavvur  qiladi  va  ongida  qanday  shakllangan  bo‘lsa 
shundayligicha tinglovchiga taqdim etadi. 


 
56 
Musiqani  badiiy  anglash  va  tushunib  yetishda  musiqiy  tasavvur  jarayoni 
asos  sifatida  xizmat  qiladi.  Tajribali  tinglovchining  tasavvurida  faqat  jaranglab 
turgan  tovushlar  yig‘indisigina  eshitilib  qolmasdan  undan  keyin  keladigan 
ohanglar, kuy harakati, lad o‘zgarishi, mavzu ham aks etadi. 
Inson  ruhiyatining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  His,  tuyg‘u  va  hayajon 
(emotsiya)dir.  Kishi  o‘zining  hayotiy  faoliyati  jarayonida  atrofini  o‘rab  turgan 
moddiy borliq bilan doimo muloqotda bo‘ladi. Buning natijasida shodu-xurramlik, 
qayg‘u  va  g‘am,  to‘lqinlanish  va  hayajon,  mag‘rurlik  va  iftixor,  jahl  va  g‘azab, 
hayratlanish,  xafa  bo‘lish  kabi  boshqa  ko‘plab  mayil  va  tuyg‘ular  (ob’ektiv 
dunyoga  sub’ektiv  munosabat  kechinmalari)  insonning  emotsional  his-hayajon 
holatini ifodalaydi. 
Emotsiya  (tuyg‘u  kechinmalarining  shakli)  ijobiy  va  salbiy  turlarga 
bo‘linadi.  Ijobiylari:  shodu-xurramlik,  to‘lqinlanish  va  hayajon,  mag‘rurlik  va 
iftixor, hayratlanish va boshqalar. Salbiylari: qayg‘u va g‘am, jahl va g‘azab, xafa 
bo‘lish kabilaridan tashkil topadi. 
Ijrochi-sozandaning  faoliyati  his-hayajon  va  emotsiya  bilan  chambarchas 
bog‘liq  bo‘lib,  u  ijodkor  tomonidan  yaratilgan  asardagi  fikr  va  maqsadni  undagi 
badiiy emotsional qiyofalar tizimini tinglovchiga yetkazib bera olishi zarur. Bunda 
sozanda asar kayfiyatiga mos, cholg‘u sadolanishida o‘ziga xos ravishda qizg‘inlik, 
ifoda va joziba baxsh etgan holda ijro qiladi. Cholg‘u asari hech qanday emotsiya 
va  his-hayajonsiz  chalingan  bo‘lsa,  tinglovchi  yuragiga  yetib  bora  olmaydi,  uni 
befarq  qoldiradi  va  u  ijrodan  va  cholg‘uchidan  norozi  bo‘ladi.  Chuning  uchun 
sozanda har bir asarning badiiy-emotsional timsollar mazmuniga chuqur kirib bora 
olishi,  undagi  qayg‘urish,  zorlanish,  quvonish,  tantana,  hazil  va  boshqa  kayfiyat 
turlarini ishonchli yoritib bera olishi kerak. 
Musiqiy  ruhshunoslikda  badiiy  obraz  uch  omil  asosida  ochib  –  ifodalanib 
beriladi.  Bularning  birinchisi  moddiy,  ya’ni  nota  matni,  cholg‘u  tovushi,  kuy, 
garmoniya,  usul,  dinamika,  tembr,  registr  va  h.k.  Ikkinchisi  ruhiy,  ya’ni  kayfiyat, 
tasavvur,  ifoda,  iroda,  hissiyot.  Uchinchisi  mantiqiy,  ya’ni  shakl,  janr,  mazmun 
kabi omillardir. 


 
57 
Sozandaning ijrochilik amaliyotida intellektual va estetik, ya’ni eng nozik va 
go‘zal  oliy  nafosat  emotsiya  shakllanadi.  Ushbu  his  tuyg‘ular  sozanda  ijrochilik 
faoliyatida o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib ongli ravishda turli vosita va yo‘llardan 
foydalangan  holda  musiqiy  asardagi  badiiy  obrazni  ochib  berish  uchun  xizmat 
qiladi. 
Ijrochilik  jarayonining  jismoniy  va  ruhiy  asoslarini  chuqur  o‘rganish 
bo‘lg‘usi o‘qituvchi, tarbiyachi va sozanda uchun juda muhim shartlardan biridir.  

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish