Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

 


 
40 
  
UD 
 
Ud  juda  qadimiy  musiqa  asbobidir.  Uning  bizga  ma’lum  bo‘lgan  dastlabki 
shakli  Ayritomdan  topilgan,  eramizning  birinchi  asrlariga  oid  ajoyib  madaniyat 
yodgorligida o‘z aksini topgan. 
Ud  arabcha  so‘z  bo‘lib,  uning  lug‘aviy  ma’nosi  turlichadir.  U  birinchidan 
yog‘ochi qora tusli daraxtning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan yasalgan bo‘lishi 
kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, tuy-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan 
«iyd»  iborasining  ma’lum  shaklidir.  Bu  urinda  xushchaqchaqlik  kayfiyatni 
bag‘ishlovchi soz ma’nosida ham kelishi mumkin. 
Udning  dastlabki  nomi  "Barbad»  bo‘lganligi  ba’zi  manbalarda  ko‘rsatib 
o‘tiladi.  Barbad  ikki  so‘zdan  iborat  bo‘lib,  bar—qomat,  bad  -o‘rdak  ma’nolarida 
keladi.  Barbad  qorni  katta  va  dastasi  -kalta  musiqa  asbobidir.  Unga  o‘rdak 
qomatiga o‘xshagani uchun barbad nomi berilgan emish. Barbad eng qadimiy torli 
asbobdir.  Uning  yaratilishi  haqida  bizgacha  turli  afsonalar  etib  kelgan.  Bir 
afsonada  hikoya  kilinishicha,  barbadni  yunon  olimi  Fisogurs  hakim  (Pifagor 
eramizdan oldingi VI asr) ixtiro qilgan. Afsonada aytilishicha, bir kuni Fisog‘ursni
 
tushida  bir  noma’lum  mo‘ysafid  uning  boshiga  kelib  shunday  dedi:  “sen  ertaga 
barvaqt  turib  naddof  (paxta  tituvchilar)  bozoriga  borgil.  U  erda  senga  hikmat 
sirlaridan biri namoyon bo‘ladi». Fisog‘urs ertalab naddoflar rastasiga boribdi va u 
erdan  hech  narsa  tushuna  olmay  qaytib  kelibdi.  Mo‘ysafid  shu  kuni  tushida  yana 
kelib,  kechagi  aytgan  gapini  takrorlabdi.  Shundan  so‘ng  Fisog‘ypc  ertalab 
uyg‘onib  ikkinchi  marta  bozorga  borganda  paxta  tituvchilar  yoyining  ipidan 


 
41 
chiqayogan tovush uning diqqatini jalb etibdi. Fisog‘ursning ongida bir fikr paydo 
bo‘libdi, shunda u erda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishi bilan tortib 
turib  chertgan  ekan,  mayin  va  yoqimli  bir  ovoz  eshitilibdi.  Endi  shu  ipni  taqib 
chaladigan torli asbob yaratish ustida mulohaza yurita boshlabdi. Ma’lum bir vaqt 
o‘tgandan  so‘ng,  kunlarning  birida  Fisog‘urs  hakim  tog‘  tomon  yo‘l  olibdi. 
Tog‘ning  etagida  kuchli  shamol  esib,  qandaydir  bir  sehrli  tovush,  ya’ni 
hushtaksimon bir sado eshitilibdi. Shunda u atrofga nazar solib yaqin orada turgan 
ichi  kovak,  bo‘shab  qolgan  toshbaqa  kosasiga  ko‘zi  tushibdi.  Uning  bosh,  qul 
oyog‘i va dumi chiqib turadigan teshiklardan o‘tayotgan shamol ana shunday sehrli 
tovush  hosil  qilayotgan  ekan.  ”Bir  narsaga  yarab  qolar”,  deb  uni  erdan  olibdi. 
Keyinchalik toshbaqa kosasidagi eng katta teshikka — boshi chiqib turadigan erga 
dasta  o‘rnatibdi.  Unga  ipni  taqib,  chala  boshlabdi.  Rubob  dastlab  juda  sodda  va 
oddiy shaklda tuzilibdi. 
Fisog‘ursdan 
so‘nggi 
davrlarda 
yashagan 
musiqachilar 
barbadni 
takomillashtirdilar  va  uning asosida  ikki,  uch, turt torli  musiqa asbobi  yasaganlar. 
Barbad  esa  ko‘p
 
manbaalarda  hamma  torli  asboblarning  yuzaga  kelishida  asos 
bo‘lgan,  deb  ko‘rsatilgan.  Uning  shu  takkomillashgan  keyingi  shakli  guyo  ud 
emish. 
Ud  qariyb  XVII  asrlargacha  yashagan,  deb  taxmin  qilish  mumkin, 
Keyinchalik  esa  O‘rta  Osiyoda  iste’moldan  chiqib  ketgan  hamda  boshqa  qadimiy 
musiqa asboblarn uning o‘rnini ola boshladi. 
O‘rta  Osiyo  xalqlarining,  jumladan,  o‘zbek,  tojiklarning  cholg‘u  asboblari 
rang-barangdir.  Albatta,  bu  xalqlarning  madaniyati  qadimdan  boy  bo‘lganligi, 
tinmay rivojlanganligidan dalolat beradi. 


 
42 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish