Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

 
  
RUBOB 
 
 
Osiyoning  ayrim  xalqlari,  xususan,  o‘zbeklar,  tojiklar  o‘rtasida  qadimdan 
keng  tarqalgan  torli  tirnama  cholg‘u  asbob  rubobdir.  O‘rta  Osiyo  xalqlariga 
nisbatan Janubiy Xitoyning Sinszyan viloyatida yashovchi uyg‘urlar o‘rtasida keng 
tarqalgan  turi  qashqar  rubobi  deyiladi.  Rubob  kosasi  kazma,ya’ni  o‘yilib,  ustiga 
teri koplangan, dastasiga ipak yoki ichakdan qilingan pardalar bog‘langan. 
Rubobda beshta tor bo‘lib, uchtasi ipak tor, ikkitasi sim tordir. Bular 5 va 4 
torlar  katta  oktavadagi  Lyaga  unison.  Z-tor  kichik  oktavadagi  Miga  va  asosiy 
melodik,  2  va  1-torlar  kichik  oktavadagi  LYaga  unison  sozlanadi.  Hozirgi  vaqtda 
qo‘llanilayotgan rubob qayta ishlanib, yarim pardalar asosida ishlangan va pardalar 
doimiy surilmaydigan qilib yasalgan. Bu rubobdagi beshta torning to‘rttasi sim tor 
bo‘lib, beshinnchisi ichak tordir, kvarta bo‘yicha - tor katta oktavadagi Siga, 4 va 3 
torlar  kichik  oktavadagi  Miga  unison,  2  va  1-  torlar  esa  kichik  oktavadagi  Sidan, 
ikkinchi  oktavadagi  Lyaga  qadar.  Rubob  notalari  eshitilishga  nisbatan  oktava 
yuqorida skripka kalitida yoziladi. 
 


 
37 
  
AFG‘ON RUBOBI 
 
Afg‘on  rubobi-o‘zbek  halq  cholg‘u  asboblari  orasida  o‘zining  tashqi 
tuzulishi bilan ajralib turadi. U juda boy tembr tovushiga egadir.  
Afg‘on  rubobi  nafaqat  Respublikamizda,  balki  Tojikiston,  Afg‘oniston, 
Buxoro va boshqa vohalarda ham keng tarqalgan. Bu cholg‘u asbobda halq kuylari 
bilan  bir  qatorda,  barcha  qardosh  kompozitor  kuylarini  ham  mohirona  ijro  etish 
mumkin.  
Afg‘on  rubobini  Buxoro  rubobi  ham  deyishadi  O‘zbekistonga  ham  bu 
cholg‘u asbobini Buxorolik cholg‘uchi, sozandachilar olib kelishgan. 
Afg‘on  rubobi  qayta  takomillashtirilgandan  keyin  1960  yili  Toshkentdagi 
Glier  nomli  musiqa  maktab  internatida  afg‘on  sinfi  ochildi  va  keyinchalik 
Toshkent  Davlat  konservatoriyasining  o‘zbek  cholg‘u  asboblari  bo‘limida  1964 
yili shu sinf ochildi.  Bu sinfda qashqar  rubobida o‘qigan talabalar olinib,  ular  shu 
sinfni tugatishib, boshqa viloyatlarda ham afg‘on rubobi sinfi vujudga keldi. 
Bizni  viloyatimizdagi  Termiz  musiqa  bilim  yurtida  ham  shu  sinf  1978  yili 
Toshkent  Davlat  Konservatoriyasini  tamomlab  kelgan  yosh  mutaxasis  o‘qituvchi 
Mardaeva  Klara  Abdurasulovna  tashabbusi bilan tashkil topdi.  Hozirgi kunda shu 
sinfni  bitirgan  yosh  mutaxassis  talabalar  ham  o‘z  tumanlarida  shu  afg‘on  rubobi 
sinfi  musiqa  maktablarini  ochib  bizlarga  yaxshi  talantli  o‘quvchilarni 
yubormoqdalar.  Ko‘pgina  talabalar  esa  bilimlarini  yanada  mustahkamlash 


 
38 
maqsadida  oliy  o‘quv  dargohida,  ya’ni  Toshkent  Davlat  konservatoriyasiga, 
Toshkent  madaniyat  institutiga  borishib,  o‘qishlarini  davom  ettirib  va  tugatib 
Termiz musiqa bilim yurtida o‘qituvchilik faoliyatlarini boshlab yuborishgan. 
Hozirgi  kunda  afg‘on  rubobiga  moslashtirilgan  darsliklar  etarlicha  emas, 
lekin  shu  sohada  ishlayotgan  mutaxassislarning  umidi  katta,  kelajakda 
kompozitorlarimiz shu cholg‘u asbobi uchun ko‘pgina kuylar yaratishi  mutaxassis 
o‘qituvchilar  esa  shu  afg‘on  rubobi  moslashtirilgan  darsliklar  chiqarishlariga 
to‘g‘ri keladi. 
 
  
DUTOR 
 
Dutor-  o‘zbek,  tojik,  turkman  va  uyg‘ur  xalqlari  o‘rtasida  keng  tarqalgan 
torli tirnama cholg‘u asbob. 
Dutor  ikki  qismdan,dasta  va  kosadan  iborat  bo‘lib,  ularni  birlashtiruvchi 
qismi  «bo‘g‘iz»  deb  ataladi.  Dutor  kosasi  o‘yma  yoki  «qobirg‘a»chalarning 
birlashganidan  yasalishi  mumkin.  O‘yma  dutor  Samarqandd,  Xorazm  va 
Turkmanistonda qo‘llanilib, bir bo‘lak tut yog‘ochdan o‘yib ishlanadi. 
 


 
39 
  
TANBUR 
 
Tanbur-bu  tan,  yurak,  dil,  ya’ni  yurakni  qitiqlamoq,  larzaga  solmoq 
demakdir.Tanbur  ham  uzoq  asrlardan  beri  o‘zbek
,
  tojik  va  uyg‘ur  xalqlariga 
madaniy xizmat kilib kelayotgan sernola, sersado, serohang, dilrabo milliy musiqa 
cholg‘ularimizdan biri bo‘lib,  uni tinglayotgan shinavandalar qalbini  larzaga solib 
kelmoqda. 
Tanburning  kosasi  tut  yog‘ochidan,  dastasi  esa  asosan  o‘rik  va  boshqa 
yog‘ochlardan  yo‘nilib,  dastasiga  ichak  pardalar  bog‘landi,  torlari  misdan  tortilib, 
noxun deb ataluvchi metaldan ishlangan moslama yordamida chalinadi. 
Tanbur fortepianoning kichik oktava "sol", "re" siga sozlanadi. Tanburchilar 
ko‘p,  ammo  ular  orasida  el-  yurt  hurmatiga,  shinavandalar  tahsiniga  sazavor 
bo‘lganlardan: 
Sultonxon  Hakimov,  Rixsi  Rajabiy,  Shobarot  tanburchi,  Maqsud  Xo‘ja 
Yusupov,
 
Jo‘rabek  Saydaliev,  Abdumutal  Abdullaev,  Otavali  Nuriddinov,  usta 
Ro‘zimatxon Isoboev, Qayum Shobarotov, Emmanuel Baraev, Yoqubov, Davidov, 
Shonazar  Sohibov  (Tojikiston),  Nizomiddin  Mirzaxo‘jaev.  Hozirgi  kunda  xizmat 
kilib kelayotgan tanburchilar: Turg‘un Alimatov, Abdulla Umarov. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish