Labaratoriya ishi Mavzu: Komunal xo’jalik va uy joy portalidan (www.ek.uz) amaliyotda foydalanish.
Ishdan maqsad: Komunal xo’jalik va uy joy portalidan (www.ek.uz) amaliyotda foydalanishni ko’rib chiqish.
Topshiriq: Komunal xo’jalik va uy joy portali haqida nazariy ma’lumot.
www.ek.uz portalidan foydalanishni ko’rib chiqish.
Nazariy ma’lumot: e-kommunal sayti kommunal xo'jalik va uy-joy fondi portali yangi interfeys hamda zamonaviy talablarni inobatga olgan holda yanada qulay xususiyatlar bilan boyitildi.
Portal 2012 yilda UZINFOCOM Markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, aholiga kommunal xizmat ko'rsatishga oid barcha xizmatlar to'g'risida ma'lumot beradi. Portalda bu turdagi xizmatlar uchun onlayn to'lovni amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan edi.
To'rt yil mobaynida e-kommunal.uz yangi jihatlar bilan boyitilib, zamonaviy xizmatlar, ma'lumot olish qamrovi kengaydi, foydalanishga qulay ko'rinishga keltirildi.
Shu bilan birga, foydalanuvchi o'zining shaxsiy kabinetida hisob raqamini ko'rsatgan holda, o'zining biror xizmatdagi balansini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik bor-yo'qligini bilishi, xizmatlar uchun mobil to'lovlarni amalga oshirishi mumkin bo'ldi. Yana bir ahamiyatli johati - to'lov amalga oshirilganligi to'g'risidagi kvitansiyalar foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlab qo'yiladi. Foydalanuvchi ularni chop etishi yoki elektron qurilmasiga saqlab qo'yishi mumkin.
Biror xizmat uchun to'lov miqdorini bilmagan taqdirda, foydalanuvchi narxni joriy holatga ko'ra baholaydigan onlayn hisoblagichdan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchiga tezkorlik bilan xizmat ko'rsatish maqsadida, portalda kommunal xizmatlarga oid barcha axborot va aloqa ma'lumotlari jam qilingan.
Amaliy ma’lumot: ek.uz saytiga kiramiz.
Komunal xizmatlardan foydalanish uchun avvalo ro’yxatdan o’tamiz.
Bu yerga agar ID.uz dan ro’yxatdan o’tgan bo’lsayiz ID.uz dagi loginizni yozib kirasiz, loginni yozib login tugmasini bosamiz.
Shunda bizni ID.uz ga yo’naltiradi va u yerda parolni yozib kiramiz.
Razreshit tugmasini bossak bizni yana ek.uz saytiga yuboradi.
Endi biron bir kamunal xizmat turini tanlab undan foydalanamiz. Masalan balans va to’lovlar bo’limi
Biz esa GAZ bandini tanlaymiz va bu yerdan qilingan to’lov miqdorini tekshirish tugmasini bosamiz.
Yangi sahifa ochiladi bu sahifada ma’lumotlarni kiritamiz.
Ma’lumotlarni kiritganimizdan so’ng tekshirishga bosamiz. Ko’rib turganizdek hamma ma’lumotni chiqarib berdi. Bu yerda balans miqdori qarzga chiqib ketgani ko’rishingiz mumkin.