Abdikulova sanobar ning biologiya fan oyligi hisoboti



Download 16,33 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi16,33 Kb.
#433637
Bog'liq
Hisobot


TOSHKENT VILOYATI OHANGARON TUMANI XTBGA QARASHLI 34-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISI ABDIKULOVA SANOBARNING BIOLOGIYA FAN OYLIGI HISOBOTI


Ohangaron tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yanvar oyida Biologiya fan oyligi onlayn tarzda tashkil etildi. Fan o‘qituvchilari bilan birga chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi. Fan oyligini aks ettiradigan devoriy gazetalar, bukletlar, koʻrgazmalar bilan burchak tashkil etildi. O‘quvchilar ta’tildaligi sabab kirish testlari onlayn tarzda olindi. Bu esa o‘quvchilarimizning ta’tildagi vaqtlarini yanada mazmunliroq o‘tkazishga yordam berdi. Kirish testlari natijalari yig‘ilib fan o‘qituvchilari bilan qaysi mavzularga ko‘proq urg‘u berish kerakligi haqida kelishib olindi. Onlayn muloqotlar orqali o‘quvchilarga savollar, viktorinalar e’lon qilindi. Ular o‘z javoblarini telegram tarmoqlari orqali yuborishdi. Yurtimizdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quvchilar ta’til jarayonlari uzaytirilganligi sababli fan oyligini onlayn tarzda davom ettirdik. Zoom platformasi orqali onlayn ochiq darslar tashkil qildik. Deyarli barcha sinflarda ochiq onlayn darslari o’tkazildi. O‘quvchilar miqyosida onlayn tarzda “Biologiya bu hayot manbai” mavzusida tadbir o’tkzaildi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini taqdim etishdi. Tadbir zoom platformasi orqali amalga oshirildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga maqtov yorliqlari onlayn yuborildi. Ota-onalariga esa fan o‘qituvchisi tomonidan faol qatnashgan farzandlari uchun tashakkurnomalar e’lon qilindi.
Fan oyligi yakunida o‘quvchilardan chiqish testlari olindi. Test natijalari yig‘ilib, yana tahlil qilindi va shu ayon bo‘ldiki, o‘quvchilar kirish testlariga nisbatan yuqori natijalarni qayd etgan.
Fan oyligi yakunida qilingan ishlar natijalari TFBUBRi Nishonava G.U ga topshirildi.
TOSHKENT VILOYATI OHANGARON TUMANI XTBGA QARASHLI 34-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISI ABDIKULOVA SANOBARNING I YARIM YILLIK HISOBOTI
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish muhim sanaladi.
O‘quv yili boshida 5-6-7-9- sinflardagi biologiya darslari menga yuklatildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi biologiya fani metodikalari bilan tanishgan holda ularni amaliy darslarda qo‘llashga e’tibor qaratdim. Sentabr oyida hududimiz miqyosida turli sayohatlarni amalga oshirib, hayvonlar, o‘simliklar olami bilan o‘quvchilarni tanishtirdim. Ular bilan jonli tabiat manzarasida turli viktorinalar o’tkazdik.
Oktabr oyi hosil yig‘ish va hazonrezgilik mavsumi boshlanadigan oy. Ushbu oyda 6-7-sinflar o‘rtasida “Hosil bayrami” o‘tkazildi. Jumladan, barcha sinf o‘quvchilarini ham qamrab olishga harakat qilindi.
Noyabr oyida malakaviy bilimlarimni oshirish maqsadida malaka oshirish institutida bir oy davomida o‘qishda bo‘ldim va fan miqyosidagi yangiliklar bilan tanishib, bilimlarimni boyitishga muvaffaq bo‘ldim. O‘quv jarayonlari vaqtida namunali ishtirokim uchun institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomaga loyiq ko‘rildim. Bu esa menga yanada kattaroq mas’uliyatni yukladi.
Dekabr oyida STEAM dasturi bo‘yicha darslarimni olib bordim va fan to‘garaklariga ham alohida e’tibor qaratdim.
Download 16,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish