Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet22/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Bastidlar – janubiy va sharqiy Fransiyada XII-XIV asrlarda oʻrab olingan shaharlar. Dastlabki B. 1141-yilda Mont de Marsan shahrida qurilgan. B.lar reja asosida qurilib, oʻzida katta maydon, parallel koʻchalar va boshqa inshootlarni mujassam qilgan.
Baumgartnerlar – XV–XVI asrlarda Janubiy Germaniyada savdogar va bankirlar. XV asrning 60-80-yillarida Tiroldagi (Italiyadagi shahar) togʻ-kon sanoati mahsulotlari bilan savdo qiluvchi savdogarlar shunday nomlangan. M: Gans Katta 1498-1499-yillarda Germaniyadan Venetsiyaga olib boriladigan mis savdosini oʻz nazorati ostiga olib, bu borada monopoliya oʻrnatgan.
Beatifikatsiya – katolik cherkovida qonunlar ishlab chiqishga qaratilgan huquqlar jamlanmasi. B.ni rasman birinchi bor papa Urban VIII tomonidan 1635-yilda tan olingan. Uning 2 xil shakli boʻlgan. Birinchisida B. Rim papalari tomonidan e’lon qilinsa, ikkinchi shakli mahalliy cherkovlar tomonidan e’lon qilinib, Rim papasi tomonidan tasdiqlangan.
Begetriya – Kastiliyada dehqonlar erkin jamoasi. Odatda B.larga feodallar orasidan oʻzlariga senor saylash huquqi berilgan. Mamlakat miqyosida B.lar “dengizdan dengizgacha” tizimi ostida barcha hududlarni qamrab olgan. Rekonkista davrida B.lar harbiy kuch sifatida ham alohida ahamiyat kasb etgan.
Beginklar – ayollar diniy jamoasi boʻlib, taxminan 1170-yillarda Brabantda vujudga kelgan. Niderlandiya va Germaniyaning alohida shaharlarida tarqalgan. B. turmush qurishi va jamoadan chiqishi mumkin boʻlgan. Shundan keyin yarim monaxlik holatida yashashi va hatto umumiy yashash joylarida emas, balki alohida yashashlari ham mumkin boʻlgan. B.ni inkvizitsiya doimo ta’qib qilgan va koʻpchiligining taqdiri gulxanda yoqish bilan tugagan. 1215-yildagi IV Lateran sobori va 1311-yildagi Vena soborlarida B. taqiqlangan.
Beginlar – boshqa holatlarda begardlar yoki beggardlar sifatida ham tilga olingan. Ular erkaklarning diniy jamoasi boʻlgan. Birinchi bor XIII asrga oid manbalarda tilga olingan. M. 1220-yilda Lyej, 1228-yilda Antverpen, 1252-yilda Bryuggeda yozilgan kitoblarda tilga olingan. B. aslida hunarmandlar boʻlib, keyinchalik ular lollordlar bilan yaqinlashib borgan. Ular haqidagi oxirgi ma’lumotlar 1445-yilda uchraydi.
Be’mani odatlar” – Aragonda XI asrdan ma’lum boʻlgan bir qator feodal majburiyatlarning umumiy nomi. Uning tarkibiga intestiya (vasiyat qoldirmasdan vafot etgan dehqon mulki yoki uning qismining senor ixtiyoriga oʻtkazilish huquqi), ekzorkiya (bevosita merosxoʻri boʻlmagan mulk egasining mulkiga senorning ega chiqish huquqi), kugusiya (bevafolikda ayblangan xotini quvilgan dehqon mulkining bir qismiga senorning ega chiqish huquqi), arsiya (aybi bilan senor qoʻrgʻonida yoki oʻz uyida yongʻin sodir boʻlsa dehqon mulkining senor tasarrufiga oʻtish huquqi), firma di spoil (nikohdan oʻtish uchun senorga toʻlanadigan toʻlov, uni toʻlay olmaganlar uchun “birinchi kecha huquqi” tartibi qoʻllanilgan) kirgan.
Benediktchilar – Benedikt Nursiyskiy asos solgan diniy rohiblik ordeni. Ularning nizomlariga koʻra, har bir monastir avtonom huquqqa ega boʻlib, uni oʻz abbati boshqargan. Mazkur orden ma’lum vaqt davomida anchagina keng miqyosda tarqalgan. Hatto Rim papasi Grigoriy I Buyuk ham B. ordenini yoqlab chiqqan. Franklar qiroli Pipin Pakana ham ularni qirol hokimiyatiga yordam beradi degan fikrda qoʻllab turgan. Ilk oʻrta asrlarning oxirlariga kelib, Gʻarbiy Yevropadagi rohiblarning katta qismi B. nizomi asosida faoliyat olib borgan. Keyinchalik vujudga kelgan diniy rohiblik ordenlarining katta qismi sekinlik bilan B. nizomini asos qilib olishgan. B. monastirlari katta yerlarga egalik qilishgan. Mas. Germaniyadagi Fulde monastiri 250 ming gektardan ortiqroq yerga egalik qilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish