Sug‘urta summasi
uning doirasida sug‘urtalanuvchi (uchinchi shaxslar) oldidagi mas’uliyatni O‘z zimmasiga oladigan, sug‘urta shartnomasi (polisi) ko‘rsatilgan pul mablag‘i; sug‘urta qoplamasining maksimal imkoni bor summasi. Sug‘urta summasi mulkning haqiqiy bahosiga teng bo‘lishi lozim. Har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha alohida yoki umumiy summa sifatida belgilanadi. Sug‘urta badali va sug‘urta qoplamasi miqdori undan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Sug‘urta qoplamasi
sug‘urtalanuvchiga etkazilgan zararni sug‘urtalovchi to‘la yoki qisman qoplashi. SHartnomada ko‘rsatilgan tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablar natijasida yuz bergan sug‘urtalangan mulkning (sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazilishi) nobud bo‘lishi yoki zararlanishi oqibatida etkazilgan zararlar to‘lab beriladi. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasi sug‘urta bahosiga bo‘lgan nisbatda etkazilgan zarar uchun to‘lab beriladi. (Sug‘urta to‘loviga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |