Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
chinakam baxtli edim... Afsuski, bu baxt uzoqqa cho'zilmadi – Uning ko'zlari xira
tortdi, ko'zlaridagi yorug'lik so'ndi.
Volturiylarga bizning buyuk qudratli oila va noyob bola haqidagi mish-mishlar
yetib bordi. – Bu so'zlar bilan uning bo'g'zidan xirillagan tovush kela boshladi –
Albatta, ular biz tomonga, bizni yo'q qilish uchun kEllishdi. Otam va bizning butun
oilamiz sirlarni saqlamaganlikda, bo'rilar bilan fitna uyushtirganlikda va vampirlar
ustida bemani tajribalarni o'tkazganlikda aybladilar... – uning ovozi qattiq va
g'azablangan, qo'llari mushtga bo’lib yumilgan va ko'zlari g'azabga to'lgandi.
- Ey Xudo! Bagirra! Ular sening ota-onangizni o'ldirdilar! Bejiz o’ldirdilar!
Esmaning ko'zlari hamdardlik va og'riqqa to'la edi.
- Ha. – Bagirra kuch to'plab, biroz to'xtab turdi, uning ko'zlaridan yosh to'kildi
– Ular mening butun oilamni qirib tashlashdi, – uning so'zlarida shunchalik azob va
achchiq bor ediki… – Volturiylar mening oilamdan qo'rqishardi, chunki biz ulardan
kuchliroq edik va ularning soni biznikidan kam edi. Ammo ular bizni ayyorlik bilan
mahf etishdi. Vampirlar va bo’rituslar o'shanda yelkama-yelka kurashgandi. Ammo
jang oldindan hal qilingan edi. Onam meni yashirdi, mana bu medalyonni bo'ynimga
bog'lab qo'ydi – menga bo'yniga osilgan qalin charm tasmadagi kumush haykalchani
ko'rsatdi – so’ng menga qochishim lozimligini aytdi. Bu medalyon ota-onamdan
qolgan yagona yodgorlik. – U dumalayotgan ko'z yoshlarini to’xtatish uchun
ko'zlarini yumdi. Tanam tushunarsiz og'riq bilan ichkariga tortilardi. Men endi bu
qizni dushman sifatida ko'rmasdim. Men unga qandaydir tarzda yordam berishni
xohlay boshladim.
O'zini qo’lga olib Bagirra hikoyasini davom ettira boshladi.
- Men panterraga aylandim va yugurdim, yugurdim, yugurdim... batamom
charchagunimga qadar... Yomg'irdan ho'l yerga yiqildim va zulmat qariga tushdim. U
yerda qancha yotganimni ham bilmayman, lekin uyg'onganimda tong yorishgan edi.
Men oyoqqa turdim va turarjoy, ya’ni uyga qaytdim, lekin u yerda hech kim meni
kutib turmasdi... Men tutun chiqib yotgan qishloqqa kirdim. Uylarning faqat yonib
ketgan xarobalari qolgandi. Hech kim tirik qolmagan. – U Karlaylning ko'ziga qaradi
– men kullar ichra qishloqni aylanardim. Ruhimda bo'shliq paydo bo’lgandi. Men
og'riq sezmasdim. Ruhim oilam bilan ketib, vujudim boshpana izlab, yerdagi
arvohday aylanib yurardi. Keyin men faqat bitta narsani – o'lishni xohlardim. Oradan
oylar o'tdi. Men ov qilmadim, yemadim, faqat o'lishimni kutardim. Ammo bu oson
emasdi… Ayniqsa, boqiy hayot kechiruvchilardan bo’lsang… Oh! Hamma narsa
qaytadan bo’lsaydi.... Agar men o'sha paytda qochmaganimda... Qaniydi men jang
qilsam edi! – ko'zlaridan ikki jur'atsiz yosh uning yonoqlariga tushdi. – Ammo men
endi tahlikada edim...
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Bagirra. Bu hech narsani o'zgartirmasdi. – Uning yonida o'tirgan Karlayl
dalda berib yelkasini silab qo'ydi. – Sen shunchaki bola bo’lgansan. Ular seni ham
yo’q qilishardi. Sen ham buni bilasan. O'zingni ayblama. – Men ham uni quchoqlab,
unga tasalli bermoqchi edim. U hozir juda himoyasiz ko'rinardi.
Bir marta, butunlay charchaganimdan, o'lim meni olib ketish uchun kelganiga
umid qilib, ko'zlarimni yumib, o’zimdan ketdim. Men tush ko'rdim. Unda onam va
otam oldimda turishardi. Ularning ortlarida esa butun oilamiz turardi. Ular menga
yashashim kerakligini aytishdi. Men Dantey klanining yagona avlodi edim... Vergil
klanining yagona avlodi... Agar men o'lsam, bu ikki buyuk sulolaning intiqosi
bo’lardi. Shuning uchun, qasos olish va naslimni davom ettirish uchun yashashim,
tirik qolishim kerak edi. Volturiylarni yo'q qilishim darkor edi. Ushbu qora dog'ni yer
yuzidan yuvib tashlash vaqti keldi! Shundagina men bu dunyoni xotirjam tark eta
olaman. Shundagina ruhim boqiy tinchlik topadi. Edvard. Vampirning ruhi bor. Sen
menga ishonishing mumkin. Otamning ruhi jannatga ketgan. U Xudoning rahmatiga
loyiq edi. – Edvard tasdiq tariqasida bosh irg'adi.
Uyg'onganimdan so’ng ko'rganimdan vujudim kuch va quvvatga to'ldi,
qalbimda qasos va nafrat paydo bo'ldi. Men dahshatli qasos rejasini tayyorlay
boshladim. – Bagirraning ko'zlari maftunkor yashil shu’ladek porlab ketdi. –
O’shanda 6 yoshda edim. Men hech narsani o'zgartira olmaydigan darajada zaif edim.
Men buni endi tushunyapman. Ushbu tasavvur meni oldinga harakatlanishga majbur
qildi. Yigirma yil davomida men turli xil qobiliyatlarni o’rganib, dunyo bo'ylab kezib
chiqdim. Meni faqat nafrat va qasos olish istagi oldinga chorlardi. Mening asosiy
in’om – o'rganish qobiliyati edi. Men boshqa vampirlarning g'ayrioddiy
qobiliyatlaridan o’zimga singdira olardim. Ammo barcha ko'nikmalar ko’proq
shug’ullanishni talab qiladi. Ushbu qobiliyatlarimdan biri boshqalarning fikrlarini
masofadan o'qiy olishimdir. Uning yordami bilan har qanday odamning fikrini ochiq
kitob kabi o'qiy olaman.
- Bagirra. O'zingning qobiliyatlaring haqida so’zlab ber. – Karlaylning
ko'zlarida chinakam qiziqish aks etardi.
- Men ularning chegarasini aniq bilmayman. Men kuchli va amalda daxlsizman.
Dunyo bo'ylab sayohat qilib, men ko'plab qiziqarli ko'nikmalarga ega bo'ldim.
Ulardan ba'zilari yaxshi rivojlangan, ba'zilari jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi.
Aytgancha, men anchagina vampirlarni yo'q qildim. Ammo ular shunchaki ruhsiz
mavjudotlar. Shuning uchun men haqimda bunday mish-mishlar tarqalgan – u afsus
bilan jilmaydi.
Hozirgina uning ko'zlaridagi ifodani tushundim. Og'riq. Alamdan yonayotgan
dahshatli og'riq ularda aks etardi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |