@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Bagirra ekanligini sezdim. U tezda harakatlanib, tashqi qiyofasini o'zgartirdi. Uning
harakatlari shu qadar tez ediki, u hozir panterra yoki inson qiyofasida ekanligini
tushunishning imkoni qolmagandi. Bir dushmanni ulkan vaxshiy mushukning qora
panjasi olovga uloqtirgandek tuyuldi, ikkinchisini zudlik bilan nozik, ammo
nihoyatda kuchli qizning qo'li bo’g’zidan tutgandi. Bagirraning har bir harakatini
diqqat bilan kuzatdim. U, hatto, jangda ham maftunkor edi. Uning har bir harakati
murakkab raqs elementlariga o'xshardi. Ha, u raqsga tushardi. Uning jigarrang terisi
ostida mushaklari qanday o'ynayotganini, sochlari shamolda qanday uchayotganini
hayrat bilan kuzatardim. Bagirra betakror edi. U xuddi malakka, mehribon qalbga ega,
lekin shafqatsiz qora farishtaga o'xshardi. Men uning qisqa umri davomida boshdan
kechirgan barcha narsalarni tasavvur qildim. Ha, tabiiyki, uning yuragi tosh qotib
muzlagan, u barcha insoniy his-tuyg'ularni ong ostiga ko’mgan va ularni bandi etgan.
Ammo qalbi tubining qayeridadir, shuncha yomonlik qilingan, himoyasiz kichkina
bola yashiringan-ku! Men unga hamdard bo'ldim va, shu bilan birga, unga hasad
qildim. Ha, u juda ko'p qayg'u chekdi, barcha yaqinlarini yo'qotdi, bu uni toblagan.
ammo zaiflashtirib qo’ygandi. Men uning holatini tushunish uchun butun oilamdan
ayrilishim kerakligini tasavvur qilib, ruhan depressiyaga tushib qoldim. Bu fikr meni
dahshatga soldi va men, darhol, bu hayollarni daf qilishga qaror qildim.
Keyingi lahzada ulkan qora panterra yerga tushdi. Men oilamizdan hech kim
zarar ko'rmaganligiga ishonch hosil qilib, yana bir bor butun maydonga sinchkovlik
bilan nigoh tashladim. Men yengil nafas oldim – hamma yaxshi edi. Volturi
armiyasidan deyarli hech kim qolmaganligi meni hayratga soldi. Bagirra jangning
asosiy qismini o'z zimmamizga olib, bizning ishonchimizni oqladi va u bu vazifani
osonlikcha bajardi. Endi jang Volturiylar oilasi bilan, uning tarafdorlari bilan kechdi.
Bu qanday ajoyib edi! Ikki qudratli vampir oilalari to’nashgan, buning natijasi esa
endi ravshan edi. Sulolalardan biri yo’q bo’ladi va sayyoradagi barcha vampirlarning
tartiboti o'zgaradi.
Mening e’tiborim ortimdan kelib menga hujum qilmoqchi bo’lgan vampirga
otilib, uni parchalab tashlagan bo’riga tushdi. Men Jeykobga ruhan minnatdorchilik
bildirdim. Men yana nigohimni Bagirraning jangi tomon burdim. Uning harakatlari
nafisligi va mukammalligiga qoyil qolmasdan iloj yo’q edi. Nihoyat, ushbu jangning
uzoq kutilgan avj nuqtasi yetib keldi. O'z xo'jayinini qo'riqlab turgan bir
nechta yosh
vampirlarni Bagirra yon tomonlarga sochib yuborganini, beparvolik bilan o'girilib,
ularga zaharxanda nigoh tashlaganini kuzatdim. Bir lahzada u yugurayotgan Aroga
tashlandi va qo'lining panjalari bilan uning tomog'iga changal soldi. Endi bu dunyoda
hech narsa uning qo’lidan Aroni ajratolmasligini bilardim. Men atrofga qaradim va
butun Volturi klani deyarli qirilib bo'lganini ko'rib hayron qoldim, uning