Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
1. bir hujayralilar; 2. ko‘p hujayralilar. Ko‘p hujayralilarning xordalilar tipidan boshqa barcha tiplarining
vakillari
umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi.
Bir hujayralilar tabiatda keng tarqalgan. Ko‘pchilik sodda hayvonlar den-
gizlarda, chuchuk suv havzalarida, sernam tuproqlarda hamda boshqa orga-
nizmlarda yashashga moslashgan. Sodda hayvonlar bir hujayrali bo‘ladi. Tanasi sitoplazma va bir yoki bir necha yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma yupqa tashqi membrana bilan o‘ralgan (19- rasm).
Ko‘p hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlar maxsus organlar, to‘qima
va hujayralarda amalga oshirilsa, sodda hayvonlarda esa hujayralardagi
orga-