Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
24 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi.
Ushbu jarayon pivo, vino va novvoychilikda katta amaliy ahamiyatga ega.
Spirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti
uchun zarur. Novvoychilikda xamir ga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib
chiqadigan karbonat angidrid gazi xamirni ko‘pchishini ya’ni, yengil va
g‘ovak bo‘lishini ta’minlaydi.
qo‘ziqorin zamburug‘i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zambu-
rug‘lar hisoblanadi. Uning ichi bo‘sh, meva tanasi 10—12 sm bo‘lib,
oyoq cha va qalpoqchadan iborat (15- rasm). Qo‘ziqorin chirindiga boy
tuproqlarda saprofit holda hayot kechiradi. Tuproq ostidagi ko‘p yillik
mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan bosh-
lab meva tanachalar shakllana boshlaydi.