108
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlod
larning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv
belgilarni namoyon qiladi. Bu jarayon
belgilarning ajralishi
deb ataladi.
Shunday qilib Mendelning ikkinchi qonuni, ajralish qonuni bo‘lib, uni
quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi ikkita F
1
bo‘g‘inni
o‘zaro chatishtirish natijasi ikkinchi bo‘g‘in (F
2
) da quyidagicha nisbatda
ajralish kuzatiladi, fenotip bo‘yicha 3:1, genotip bo‘yicha 1:2:1.
F
2
da olingan organizmlarning 25%i gomozigota holatda dominant
(AA), 50%i dominant belgi bo‘yicha geterozigota (Aa), 25%i retsessiv
belgi bo‘yicha gomozigota (aa) bo‘ladi.
Chala dominantlikda F
2
bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat
1:2:1 bo‘ladi (58 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |