TEST
1.Ushbu axloqiy xatti-harakat me’yorlik nuqtai-nazaridan g’oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Ushbu narasa nima deb ataladi?
A). Xushfe’llik. B). Xushmuomilalilik. C). Hayo-ibo.
2. Alisher Navoiy g’oyat tabiati nozik, pok va o’ta nazikatli kishilarni yaxshi ko’rgan, o’zi ham juda noziktabiat inson bo’lgan. Shu sababli u “Mahbubul Qulub”dagi “tanbeh”larida nima haqida ta’rif yurutganlar?
A). Xushfe’llik. B). Xushmuomilalilik. C). Hayo-ibo.
3. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g’azab kabi illatlar bu kabi odamlardan holi. Ular barcha mas’uliyatni o’z zimmalariga olsalarda boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Insonlardagi ushbu xususiyat nima deb ataladi?
A).muloyimlik. B).beozorlik. C).mehribonlik.
4. Ushbu javoblardan qaysi biri muomalada nutq ta’sirini kuchaytiruvchi omil hisoblanmaydi?
A).oxangni o’zgartirish. B).jargon so’zlardan foydalanish.
C).hikmatli so’zlarni o’rinli qo’llash.
5. Ushbu javoblardan qaysi biri so’zsiz muloqotga tegishli?
A). qomatga e’tibor berish. B). hamma vaqt o’zini jiddiy tutish.
C). auditoriya bilan ko’z orqali muloqatda bo’lmaslik.
6. Ishonchlilik, do’stona va samimiy munosabat ustubor ahamiyatga ega bo’lishi murojaat qilishning qaysi turiga kiradi?
A). Rasmiy. B). Norasmiy. C). Yaqin kishilariga qilinadigan murojaat.
7. Shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiaytga ega emas. Bu murojaatning qaysi turi hisoblanadi?
A). norasmiy murojaat. B).intim murojaat. C). nomsiz murojaat.
8.________ – insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so’zlari, xatti-harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir.
A). xushomad. B). xushfe’llik. C).muloyimlik.
9. Axloqiy madaniaytda yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlarning ko’rinishlaridan biri bo’lgan, ko’proq insonning tashqi madaniyati, o’zaro munosabatlaridagi o’zini tutish qonun- qoidalarining bajarilishini boshqaradigan munosabat nima?
A). estetika. B). suhbat. C). etiket.
10. Axloqiy madaniyat tuzilmasiga kirmaydigan javobni toping.
A). muomala odobi. B). estetika. B). kasbiy odob.
11. Qaysi odob turi kishining xushmuomalalik, rostgo’ylik, halollik kabi axloqiy me’yorlarga qay darajada rioya qilishi, ularning talablarini turmush tarzida qo’llay bilishida namoyon bo’ladi?
A).kasbiy odob. B).muomala odobi. C).axloqiy odob.
12. Mahtumqulining “Har yigitning aslini bilay desangiz, marakada o’tirib, turishin ko’ring” degan sozlari nimaga misol bo’la oladi?
A). etiketga. B). estetikaga. C).kasbiy odobiga.
13. Gippokrat qasamyodi qaysi kasb egalarining kasb odobiga misol bo’la oladi?
A). olimlar. B). harbiylar. C). shifokor-vrachlar.
14. Barcha tarbiya yo’nalishlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda nima asosiy vosita – omil bo’lib xizmat qiladi?
A).axloqiy tarbiya. B). odob. C).etiket.
15. Tarbiyalanuvchiga axloqiy me’yorlarning konkret shaxs faoliyatida qay darajada reallashganligini ibrat qilib ko’rsatuvchi axloqiy tamoyil qaysi?
A).o’z-o’zini tarbiyalash. B).uzluksizlik. C).na’munaviylik.
16. Qaysi axloqiy tamoyil ta’lim va tarbiya birligida amalga oshiriladi, bu ko’pincha tarbiya, xususan, axloqiy tarbiya amaliyotida nazardan chetda qoldiriladi?
A).o’z-o’zini tarbiyalash. B).uzluksizlik. C).na’munaviylik.
17. Nima shaxsning axloqiy madaniyatini shakillantirishga qaratilgan uzluksiz, tizimli jarayon bo’lib, uning maqsadi ma’naviy-axloqiy barkamol shaxsni shakillantirish hisoblanadi?
A).axloqiy tarbiya. B).axloqiy madaniyat. C).mumala odobi.
18. Muayyan ishlab chiqarish sohasida shug’ullanuvchi shaxsning o’z ijtimoiy burchini axloqiy norma, me’yorlar me’zonidan turib o’tash madaniyati nima deb ataladi?
A). axloqiy madaniyat. B).kasb odobi. C). etiket.
19. ______ muomala odobi sifatida faqat muayyan millat, xalq munosabatida emas, balki xalqaro ijtimoiy-siyosiy miqyosda, xususan, diplomatiya sohasida qbul qilingan qonun-qoidalar tarzida ham amal qiladi.
A).etiket. B).tarbiya. C). odob.
20. Inson ma’naviyat sohibi ekanligi uning nima darajasi bilan belgilanadi?
A). kasbiy odobi darajasi bilan.
B).axloqiy qadriyati darajasi bilan.
C). madaniyati darajasi bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |