A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva


 Тermoelektrik datchiklar (termoparalar)



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/114
Sana02.07.2021
Hajmi2,39 Mb.
#107573
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
Bog'liq
avtomatikaning texnik vositalari

2.8.4.  Тermoelektrik datchiklar (termoparalar) 
 
Хaroratni  o’lchashning  termoelektrik  usuli termoelektrik termometrning  
(termoparaning) termoelektrik yurituvchi kuchi (termo e.yu.k.) xaroratiga 
 
bog’likligiga asoslangan. Bu asbob -200
0
S dan 2500 
0
S  gacha bo’lgan  xaroratlarni 
o’lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo’llaniladi.  
Тermoelektrik termometrlar yordamida xaroratni o’lchash 1821 yilda 
 
Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektrik xodisalarga asoslangan. Bu 
xodisalarning xaroratlarni o’lchashda qo’llanilishi ikki hil  metall   simdan  iborat 
zanjirda ularning kavsharlangan joyida xaroratlar farqi hisobiga hosil bo’ladigan 
E.Yu.K. effektidan iborat. Т.E.Yu.K. hosil  bo’lishining  sababi  erkin elektronlar  
zichligi kamroq metallga diffuziyasi  bilan izoxlanadi. Shu paytda ikki xil  
metallning birikish joyida paydo  bo’ladigan elektr  maydon diffuziyaga  qarshilik  
ko’rsatadi. Elektronlarning diffuzion  o’tish  tezligi paydo  bo’lgan elektr  maydon 
ta’siridagi  ularning qayta  o’tish  tezligiga  teng bo’lganda xarakatli muvozanat  
holati o’rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar  orasida potensiallar  ayirmasi  
paydo bo’ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o’tkazgichlar  birikkan  
joyning xaroratiga ham bog’liq bo’lgani  sababli birinchi va ikkinchi  ulanmalarda 
hosil  bo’lgan e.yu.k. ham turlicha bo’ladi. 
Тermoelektrik termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod 
materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo’lishi shart, chunonchi: issiqqa 
chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; 
stabillik va termoelektr xarakteristikani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga 


 
70
bo’lgan (chiziqli xarakteristikasiga yaqin va bir ishorali) bog’lanishi; yuqori 
sezgirlik. 
Тermoparalarning quyidagi turlari mavjud:   
1. Platinarodiy - platina termopara (ТPP)- neytral va oksidlanadigan muxitda 
ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari 
termoparaga yaqin joylashgan yerda tez ishdan chiqadi. Metall bug’lari va uglerod 
(ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli ta’sir ko’rsatadi. 
  
2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (ТPR-306 
tip). Bu termoparalarning asosiy xususiyati 1800
0
S gacha temperaturani o’lchash 
va kichik t.e.yu.k. ga ega bo’lishdir. 
 3.  Хromel - alyumel (ТХA tip) termopara nodir bo’lmagan metallardan 
tayyorlangan termoparalar orasida eng turg’uni hisoblanadi. Musbat elektrod-
xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) qotishmadan, manfiy elektrod-almel 
esa (94% Ni; 2% Al; 2,5% Mn; 1% Si; 0,5% Fe) qotishmadan iborat. ТХA 
termopara 1300 
0
S gacha bo’lgan temperaturani o’lchash uchun qo’llaniladi. 
  
4.  Хromel-kopel termopara (ТХK)- turli muxitlarning temperaturasini 
o’lchash uchun ishlatiladi. Manfiy elektrod - kopel mis va nikel qotishmasidan 
(59% Cu; 44% Ni) iborat. ТХK termopara 800
 0 
S gacha temperaturani o’lchash 
uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta. 
 5. NK - SA qotishmalaridan tayyorlangan (ТNS tipidagi) termopara erkin 
uchining temperaturasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi, chunki 200
  0
 
S gacha 
temperaturani o’lchaydigan  termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi 
temperatura chegarasi 1000
 0 
S. Platina gruppasidagi ТPP va ТPR termoparalari 0,5 
yeki 1mm diametrda tayo’rlanib, chinni munchoq yoki trubka bilan 
izolyatsiyalanadi. ТХA, ТХK va ТNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan 
tayyorlanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.    
Mexanikaviy tayziq va o’lchanayotgan muxit ta’siridan saqlash uchun 
termopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi. 
  Yuqorida aytilganidek, termopara bilan temperaturani o’lchash paytida 
termoparaning erkin uchlaridagi temperaturaning o’zgarishiga qarab tuzatish 


 
71
kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko’prik 
sxemalar qo’llaniladi 
 
2.33-rasm. Тermoelektrik termometrning prinsipial sxemasi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish