1.16-rasm. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi
So’nggi paytda ko’plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun’iy materiallar xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng miqyosda qo’llanilmoqda.
Hozirgi davrda o’z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo’jaligini sifatli kabel mahsulotlari bilan ta’minlayotgan “O’zkabel” AJ ishlab chiqarish korxonasida dielektrik va o’tkazgich materiallar ko’p ishlatiladi. Bulardan asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo’lajak mutaxassislar uchun elektr texnika materiallarini chuqur o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega.