A. X. Sulliyev, I. M. Bedritskiy, O. T. Boltayev



Download 2,85 Mb.
bet18/108
Sana31.12.2021
Hajmi2,85 Mb.
#271738
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Bog'liq
elektrotexnik materiallar maruza

Mis ishlab chiqarish.Homaki misni mahsus konvertorlarda suyuq shteyndan havo haydash yuli bilan olish usuli mavjud. Konvertorga shteynni quyishdan avval konvertor shunday holga keltiriladiki, uning ogzidan shteyn quyilganda u havo




28 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 35-bet



  1. b)

1.33-rasm.Mis rudalari

xaydadigan furma teshiklaridan oqib ketmasligi kerak. Keyin esa uning ogzidan avvalo suyuq shteyn, uning yuzasiga esa flyus (qumtuprok) solinadi, sungra 0,8- 1,2 at bosimdagi havo trubadan furma orqali xaydalib konvertor ish xolatiga keltiriladi. Shu vaqtdan ish jarayoni boshlanadi. Shteynning zichligi misnikidan kichik bulganligi uchun ish davomida bir necha bor tuldirilib turish bilan konvertor sigimidan tо‘la foydalaniladi.

Konvertorda о‘tadigan jarayonni 2 ta bosqichga bо‘lish mumkin.


  1. Bu bosqichda temir (II)-sulfid oksidlanadi va hosil bulgan temir (II)-oksid qumtuprok bilan birikib shlak hosil qiladi.29

2FeS+3O2=2FeO+2SO2+Q

  1. Bu davrda konvertorda qolgan Cu2S havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishishi uchun qulay sharoit tugiladi.

2Cu2S+3O2=2Cu2O+2SO2+Q kkal (kj)

Hosil bо‘lgan Cu2O qolgan Cu2S bilan reaksiyaga kirishib misni qaytaradi. Cu2S+2Cu2O =6Cu+2SO2-Q kkal (kj)

    1. b) c)

1.34-rasm. Misdan tayyorlangan maxsulotlar



29 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 24-bet.

Bu jarayon 15-20 soat davom etadi va maxsulot konvertorning og‘zidan chiqariladi. Homaki misning 98,5-99,5 foizi mis, qolgani qо‘shimcha metallar (Fe, Ni, Pb, va boshqalardan iborat bо‘ladi) (1.34-rasm). Xomaki misdan quyma plitalar olinadi. Undan texnika maqsadlari uchun foydalanib bо‘lmaydi, chunki uning tarkibida 0,05-1,5% gacha qо‘shimchalar bо‘lganligi uchun bunday misning mexanikaviy va fizikaviy hossalari yomon bо‘ladi. Bunday mislarni texnikada ishlatish uchun, qо‘yidagi 2 usulda tozalanadi. a) termik usul: b) elektrolez yuli bilan.



  1. Homaki misni termik usulda tozalash:

Homaki mis tarkibida juda oz miqdorda nodir metallar – oltin, kumush bо‘lsa, olinadigan metaldagi bekorchi qо‘shimchalar miqdoriga u qadar katta talab qо‘yilmasa, bu usuldan foydalaniladi. Bu protsess katta sig‘imli (250T gacha) mazut yoki kukun yokilgi yokiladigan alangali pechlarda olib boriladi.Pechga solingan xomaki mis tо‘la suyuklangach, 20-30 mm diametrli temir trubalari orkali metalga 1-2 at bosimda havo haydaladi. Havo kislorodi qо‘shimchalarni va kisman misni ham oksidlaydi.30

Hosil bо‘lgan oksidlarning bir qismi (Sb2O3, PbO, ZnO, SO2) pech gazlari bilan atmosferaga chiqib ketsa, boshqalari (Fe2O3, Al2O3, SiO2) shlakka о‘tadi. Oltin va kumush esa metallda suyuqlangan bо‘ladi. Hosil bо‘lgan mis oksidlari suyuq metallda va shlakda eriydi. Shuning uchun ham misni qaytarishdan avval metall yuzasidagi shlak sо‘rib olinib, qayta ishlash uchun konvertorga uzatiladi. Metall oksidlanmasligi uchun uning yuzasiga pista kо‘mir kukuni sepiladi. Sо‘ngra misni qaytarish va undagi erigan gazlardan kutilish uchun metall diametri 250-350 mm, uzunligi 7-10 m keladigan hо‘l tayoqlar bilan aralashtirilib turiladi. Bu operatsiya misning tо‘laroq kaytarilishiga imkon beradi. Bu protsessni qо‘yidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:

Cu2O+C→2Cu+CO; Cu2O+CO→2Cu+CO2; Cu2O+H2→2Cu+H2O

Misni qaytarish plastik mis olinguncha davom ettiriladi, sо‘ngra undan qо‘ymalar olinadi yoki elektrolez usulida yanada tozalash uchun zarur bо‘lgan

anod plitalar olinadi. Bu usulda olingan misda qо‘shimchalar miqdori 0,3-0,5% dan ortmaydi.


  1. homaki misni elektrolez yо‘li bilan tozalash.

Homaki misni elektrolez yо‘li bilan tozalash usulidan yukori sifatli mis olishda va undan nodir metallarni (oltin, kumush va boshqalar) ajratib olishda foydalaniladi. Bu protsess maxsus elektrolit qо‘yilgan qо‘rg‘oshin list yoki plastmassa bilan futerovkalangan (yogoch yoki beton) vannalarda olib boriladi. Mis kuporosining suvdagi 12-15% li eritmasi (CuSO4·5H2O) ga10-15% li sulfat kislota (H2SO4) aralashmasi qо‘shib elektrolit tayyorlanadi. Elektrolitli vannaga bir necha anodiy va katodiy plastinkalar ketma-ket tushiriladi. Anod sifatida о‘lchamli 1x1 m, qalinligi 40-50 mm li homaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa 0,5-0,7 mm qalinlikdagi elektrolitik misdan foydalaniladi. 31


Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish