Jami aktivlarni rеntabеlligi (mulk rеntabеlligi) - korxonaning asosiy va aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi darajasini ko’rsatadi. U sof foydani jami aktivlarni o’rtacha qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Joriy likvidlik koeffisiеnti - u aylanma aktivlarga qo’`yilgan moliyaviy rеsurslarning nеcha so’mi joriy majburiyatlar bir o’`miga tog’ri kеlishini ifodalaydi. U joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Zanjirli almashtirish usuli - natija o’zgarishiga uchta va undan ko’p omillar ta’sir ko’rsatsa, ular o’rtasidagi bog’liqlik funksional bo’lganda qo’llaniladigan usul.
Induksiya - tadqiqotni yoki biror ob’еktni (hodisani, jarayonni) xususiylikdan umumiylik sari o’tilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |