1.2. Metall va qotishmalaming xossalari
kengayish koeffitsiyenti xususiyatiga aytiladi. Issiqdan kengayuv-
chanlik bilan xarakterlanadi, bu yerda j'ismning temperaturalardagi
uzunligi. Hajmiy kengayish koeffitsiyenti 3 ga teng. Metallaming
issiqdan kengayuvchanligi payvandlashda, bog‘lanishda hamda
qizdirib hajmiy shtampkovkalashda, quyish qoliplari, shtamplar,
prokat valiklari, kalibrlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda
hamda priborlami yig‘ishda, ko‘prik fermalar qurishda, temir yo‘l
relslami yotqizishda hisobga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘imi
deb, qizdirilganda uning m a’lum miqdordagi issiqlikni yutish
xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig‘imi SI birliklar sistemasida J/kg.K
bilan o ‘lchanadi. Turli metallaming issiqlik sig‘imi ulaming
solishtirma issiqlik sig‘imi miqdoriga qarab solishtiriladi. Solishtirma
issiqlik sig‘imi 1 kg metall temperaturasini 10°C ga ko‘tarish uchun
kerak boiadigan, katta kaloriyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u
SI birliklar sistemasida J/kg. K) bilan o ‘lchanadi.
Metallaming elektr tokini o ‘tkazish xususiyati ikkita o ‘zaro
qarama-qarshi xarakteristikalar-elektr o‘tkazuvchanlik va elektr
qarshiligi bilan belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar
sistemasida simens (Sm) da, solishtirma elektr o ‘tkazuvchanlik Sm/m
da, shunga o ‘xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o ‘lchanadi. Tok
o‘tkazuvchi simlar (mis, aluminiy) yaxshi tok o ’tkazadi.
Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma tarkibining o ‘zgarishi
kimyoviy xossalami ifodalaydi.
Kimyoviy xossalari. Metallar va qotishmalaming kimyoviy
xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod,
kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi
tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar
bilan
qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi.
Metallaming tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga
korroziyalanish deyiladi. Metallaming korroziyaga, kuyindi hosil
bo‘lishiga va erishiga qarshiligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri
keladigan tekshirilayotgan namuna massasining o ‘zgarishi bilan
belgilanadi. U yoki bu buyumlarni tayyorlashda metallaming kimyo
viy xossalari albatta hisobga olinadi. Bu ayniqsa, kimyoviy agressiv
muhitlarda ishlatiladigan buyum va detallarga taalluqlidir.
Buyumlar tayyorlashda mavjud materiallami qayta ishlash
imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik
xossasi
deyiladi.
Qotishmalaming
sovuqlayin
yoki
qizdirib
18
ishlanuvchanligi, quyish, boIg‘alash, payvandlash, kesib ishlashga
qulayligi texnologik xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini
bilgan holda buyum yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash
mumkin.
Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri
hisoblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlamalar, shuningdek, payvandlab
tayyorlangan uzel va konstruksiyalaming detallariga mexanik ishlov
beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib, toza va silliq sirt
hosil qilish mumkin. Qattiqligi past bo‘lgan juda qovushqoq metallar
ham yomon ishlanadi. Sirtida timalgan joylar bo‘lib, g‘adir-budir
chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik
ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Payvandlanuvchanlik metallaming xossalari asosiy metall xossa-
lariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyatidir.
U payvandlangan namunani bukish va cho‘zishga sinab ko‘rib
aniqlanadi.
Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda
uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir.
Bolg‘alanuvchanlikni berilgan darajagacha deformatsiyalab, temir-
chilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi,
odatda, ikkilangan diametriga teng boMishi kerak. Agar uning yon
sirtida darzlar paydo boMmasa, bunday namuna sinovga bardoshli,
tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli
hisoblanadi.
Materiallaming quyilish xossalari ulaming darzsiz bo‘shliqsiz va
boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi.
Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuv-
chanlik va likvatsiya kiradi.
Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi
bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir.
Krisstallanishda kirishiuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga
oHishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuv-
chanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Likvatsiya qotishmalaming kristallanishda paydo bo‘ladigan
kimyoviy tarkibining bir jinslimasligidadir. Bu qotishmalar toza
metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatura
oralig‘ida kristallanish bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish
temperatura intervali qancha katta bo isa, likvatsiya shuncha tez
19
rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta’sir
qiladigan qotishma komponentlari po‘lat uchun (oltingugurt, kislorod,
fosfor, uglerod) likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Metall va qotishmalaming texnologik xossalarini bukiluv-
chanligini va takror bukiluvchanligini sinash, botiluvchanligini,
cho‘kuvchanligini, yassilanuvchanlik, o ‘raluvchanlik, buraluvchanlik
va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |