A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


 Plastik va elastik deformatsiya. Naklyop



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   240
1.3. Plastik va elastik deformatsiya. Naklyop
M etallami  bosim  bilan  ishlash  deb,  tashqi  kuch  ta’siri  ostida 
(masalan,  bolg‘a  bilan  urib,  press  bosimi  ostida)  xomaki  shaklini 
o‘zgartirishga aytiladi.
Zarb  yoki  bosim  ta’sirida  oldi  deformatsiya  paydo  bo‘lishi  bilan 
metall  o‘z  shaklini  kerakli  yo‘nalishda  yemirilmasdan  o‘zgartiradi. 
Bunda  bir  yo‘la  metallning  strukturasida,  uning  mexanik  va  fizik 
xossalarida o‘zgarish  ro‘y  beradi.  Yuqorida  qayd  qilganimizdek,  bosim 
bilan  ishlashda xomakining shakli dastlabki holatiga qaytmaydigan qilib 
o‘zgartiriladi,  bu esa xomaki  metalida plastik holat mavjudligidan darak 
beradi. Demak, biror tashqi kuch ta’sirida metall (qotishma) yemirilmay, 
o‘z  shaklini  dastlabki  holatiga  qaytmaydigan  tarzda  o‘zgartira  olish 
xususiyati  uning  plastikligi  deb,  metallar  shaklining  plastik  tarzda 
o‘zgarishi plastik deformatsiya  deb  ataladi.  Shunday  qilib,  bosim  bilan 
ishlashi metallaming plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir.
Buning  uchun  deformatsiyaning  o‘zi  qanday  vujudga  kelishini 
aniq tushunish kerak.
Ma’lumki,  detalga biror tashqi  kuch  ta’sir ettirilganda uning  geo­
metrik  shakli  o'zgarishi  deformatsiya  deyiladi.  Har  qanday  normal 
haroratda  metall  asosan  elastik  va  plastik  deformatsiyalardan  iborat 
bo‘ladi.  Metallga ta’sir ettirilgan tashqi  kuch  olingandan  keyin  metall 
dastlabki  shakliga  qaytsa,  bunday  deformatsiya  elastik  deformatsiya 
deb  ataladi.  Masalan,  po'lat  prujinaga  (yoki  rezina  boiagiga)  ta’sir 
ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga qaytadi.
26


Plastik  deformatsiyada  esa  metall  kristall  panjaralarining  shakli 
o'zgarihginn  qolttiasdan,  balki  kristallning  bir  qismi  boshqa  qismiga 
niibntnn  siljiydi,  ta’sir  ettirilgan  kuch  olinganda  kristallning  siljigan 
ql*mi  avvalgi  joyiga  qaytmaydi,  ya’ni  deformatsiya  saqlanib  qoladi. 
liundun  tnshqari,  plastik deformatsiyada metall tarkibidagi  donachalar 
mnydalanadi  va  muayyan  tartibda  joylashib  qoladi,  natijada  metall 
tola-tola tuzilishga ega bo‘ladi.
Donalaming 
muayyan 
tartibda  joylashib 
qolish 
hodisasi 
teksturalanish deyiladi.
Teksturalanish  darajasi  deformatsiyalanish  darajasiga  to ‘g‘ri 
mutanosibdir.
Metall  odatdagi  sharoitda  plastik  deformatsiyalanganda  uning 
puxtaligi  va  qattiqligi  ortib,  plastikligi  pasayadi.  Bu  hodisa  naklyop 
(parchinlanish)  yoki  nagartovka  deyiladi.  Plastik  deformatsiyalanish 
natijasida  metallda  hosil  boigan  naklyopni  yo‘qotish  zarur  boisa, 
metall  ma’lum  haroratgacha  qizdiriladi.  Masalan,  naklyoplangan 
po ia t  buyum  200-300  °C  gacha  qizdirilsa,  uning  qattiqligi  va 
puxtaligi  20-30  %  pasayadi,  plastikligi  esa  ortadi.  Bu  hodisa  qaytish 
yoki  xordi  deyiladi.  Demak,  qaytishida  metallning  kristall  panjaralari 
tiklanadi,  ichki  tuzilishi  esa  uncha  o ‘zgarmaydi  va  shuning  uchun 
metallning  mexanik  xossalari  faqat  m aium   darajadagina  tiklanadi. 
Metallning  dastlabki  xossalarini  batamom  tiklash  kerak  b o iib   qolsa, 
albatta, uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur.
Naklyoplangan  metall  yuqoriroq  darajagacha  qizdirilganda,  shu 
metall  xossalarining  tiklanishi  rekristallanish  deb  ataladi.  Rekris- 
tallanish  vaqtida  metallning  deformatsiyalanishidan  oldingi  donalari 
tiklanmay,  balki  yangi  donalar  hosil  boiadi,  ya’ni  metall  yangidan 
kristallanadi.  Rekristallanish  darajasi  (eng  kichik  darajasi)  har  xil 
metallar  uchun  turlicha  boiadi.  Masalan,  misning  rekristallanish 
harorati  270°C  ga,  aluminiy  va  magniyniki  100°C  ga, jezniki  250°C 
ga,  temimiki  450°C  ga,  nikelniki  600°C  ga,  molibdenniki  900°C  ga, 
volframniki 
1200°C  ga  teng,  qalay,  qo‘rg‘oshin  va  oson  suyuqla­
nuvchi  boshqa  metallaming  rekristallanish  darajasi  esa  normal  dara- 
jadan  past  boiadi.  Metallning  rekristallanish  darajasi  bilan  suyuq­
lanish  darajasi  orasida A.  A.  Bochvar formulasiga asosan quyidagicha 
yaqinlashtirilgan bogianish mavjud:
Trekr = TerxK
27


Bunda, 
T re k r 
mutlaq 
rekristallanish  darajasi,  gradus,  K - 
metallning  tozaligiga  bog‘liq  koeffitsiyent,  Ter-m utlaq  suyuqlanish 
darajasi, gradusda.
Texnik  toza  metallar  uchun  K=0,2-0,3,  qotishmalar  (qiyin 
suyuqlanadigan  metallar)  uchun  esa  K=0,6-0,7.  Shuni  qayd  etish 
lozimki,  deformatsiyalanganlik  darajasi  rekristallanish  haroratiga 
teskari mutanosib bog‘lanishda bo‘ladi.
Metall  rekristallanish  darajasidan  yuqori  darajada  deformatsiya- 
langanda  naklyop  hosil  bo‘lsada,  ammo  shu  darajada  o ‘tadigan 
rekristallanishi  naklyopni  yo‘qotadi.  Metallami  rekristallanish  daraja­
sidan  yuqori  darajada  deformatsiyalash  qizdirib,  bosim  bilan  ishlash 
deb,  rekristallanish  darajasidan  past  darajada  deformatsiyalash  esa 
sovuqlayin  bosim  bilan  ishlash  deb  ataladi.  Demak,  metallami  qiz­
dirib,  bosim  bilan  ishlashda  ularda  naklyop  hosil  boMmaydi,  sovuq­
layin  bosim  bilan  ishlashda  esa  naklyop  hosil  bo‘ladi  va  aksincha, 
deformatsiyalashda  metall  naklyoplansa,  sovuqlayin  bosim  bilan 
ishlaganda  esa  naklyoplanmasa,  uni  qizdirib,  bosim  bilan  ishlagan 
ma’qul bo‘ladi.  Masalan, qalay normal  haroratda deformatsiyalansa,  u 
naklyoplanmaydi,  temir  esa  300°C  gacha  qizdirib  deformatsiya- 
langanda  naklyoplanadi.  Binobarin,  qalayning  deformatsiyalanishi 
qizdirib  bosim  bilan  ishlanadi,  chunki  sovuqlayin  bosim  bilan  ishlash 
orqali  hosil  qilingan  buyumlaming  sirti  toza,  olcham lari  esa  aniq 
chiqadi.  Sovuqlayin  deformatsiyalash  natijasida  hosil  bo‘lgan  nak­
lyop, zarur hollarda, rekristallanish yumshatish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Shuni  aytish  lozimki,  plastik  bo‘lmagan  (mo‘rt)  metallami  bosim 
bilan  ishlab  boMmaydi.  Masalan,  cho‘yan  sovuq  holatda  ham, 
qizdirilgan  holatda  ham  mo‘rt  bo‘ladi,  demak,  cho‘yanni  bosim  bilan 
ishlab bo‘lmaydi.
Metallaming plastikligi  ulaming  kimyoviy  tarkibiga  ham  bog‘liq, 
ya’ni  toza  metallaming  plastikligi  qotishmalamikidan  ancha  yuqori 
bo‘ladi.  Har  xil  elementlar  metallaming  plastikligiga  turlicha  ta’sir 
etadi.
Shuning uchun qizdirib bosim bilan  ishlashda metall  (qotishma)  ni 
qanday  haroratgacha  qizdirish  va  bosim  bilan  ishlashni  qanday  ha­
roratda to‘xtatish zamrligini  bilish nihoyatda muhimdir.  Shunday qilib, 
metallar  qizdirib,  bosim  bilan  ishlanganda,  ulaming  kimyoviy  tarkibi 
tekislanadi,  donalari  maydalashadi,  g‘ovaklari  berkilib  ketadi,  boshqa 
ba’zi nuqsonlari yo‘qoladi, binobarin, mexanik xossalari yaxshilanadi.
28



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish