Tavrsimon birikma - bir qismning sirtiga boshqa qism to‘g‘ri
burchak ostida uchidan payvandlangan birikma (10.1 -rasm, e).
Burchakli va tavrsimon birikmalar to ‘sinlar, ustunlar, sinchlar,
fermalar, ramalar va boshqalarni payvandlashda keng qo‘llaniladi. Bu
birikmalar tegishli
birikmaning
mustahkamligini
oshiradi
va
deformatsiyalanishini kamaytiradi.
Teshikli birikmalar - ustma-ust payvandlash chokining uzunligi
yetarlicha mustahkam bo'lmaganda qo‘Ilaniladi.
Ustqo ‘ymali birikmalardan - uchma-uch va ustma-ust payvand-
lashlaming iloji bo'lmaganda foydalaniladi.
158
Bunday birikmalar, asosan, shakldor qismlami biriktirishda va
uchma-uch birikmalami kuchaytirishda qoilaniladi.
Elektr toki bilan parchinlab biriktirish, asosan, ustma-ust va tavr
birikmalarda qoilaniladi. Shunday biriktirish orqali mustahkam, biroq
zich boim agan birikmalar hosil qilinadi.
Payvand choklar payvand birikmalar ko‘rinishiga hamda chok ke-
simining geometrik shakliga ko‘ra uchma-uch va burchakli choklarga
ajratiladi. Uchma-uch choklar uchma-uch, torets, yonlama ba’zan esa
burchakli birikmalar hosil qilishda ham qo‘llaniladi. Burchakli chok
ustma-ust, tavrsimon va burchakli birikmalarda mavjud boiadi.
Uchma-uch choklar tashqi shakliga ko‘ra tekis yoki qavariq
bo‘lishi mumkin. Burchaldi choklar botiq qilib ham bajarilishi
mumkin. Qavariq chokli payvand birikmaiarga nisbatan statik
yuklanishga chidamli. Biroq juda qavariq chokli payvand birikmalarda
ortiqcha metall sarflanganligi uchun tejamsiz hisoblanadi. Yassi
choldi uchma-uch birikmalar, botiq chokli, burchakli, tavrsimon va
ustma-ust payvand birikmalar qavariq chokli birikmaiarga nisbatan
dinamik (zarbli) yoki o ‘zgaruvchan yuklanishlarga chidamli boiadi.
Turli payvand choklaming sifati payvandlash rejimlarining to ‘g‘ri
belgilanishi va to‘g‘ri bajarilishiga ham bog‘liq. Odatda, payvand
chokning sifatini tekshirish ishlari uch bosqichga boiinadi:
1. Payvandlashdan avval asosiy metall bilan chok metalining sifa
tini, elektrod qoplamasini, flyuslar qanchalik to ‘g‘ri belgilanganini,
chok kertimlarining qanday tayyorlanganini tekshirish hamda pay-
vandchining malakasini aniqlash.
2. Payvandlashning har bir jarayoni qanday va qay rejimlarda olib
borilgani, ikkinchi qatlam chokini bostirishda yuzalarning kuyindi va
shlaklardan tozalangani va umuman jarayonning to ‘g ‘ri olib borilgani
tekshiriladi.
3. Payvandlab boiingach, chokning sifati, tashqi va ichki yuzalari
(rentgen nurlari, metallografik mikroskoplar yordamida) kuzatiladi.
Payvandlangan buyumlaming sifati avvalo vizual kuzatiladi (za
rur b o isa, nitrat kislotaning spirtdagi eritmasini ta ’sir ettirib lupada
ko‘riladi). Bunday kuzatish bilan chokning sifatini aniqlash qiyin b o i
sa (ayniqsa murakkab tuzilishlarda), boshqa usullardan foydalaniladi.
Chokning puxtaligini aniqlash uchun payvandlab tayyorlangan birik-
malardan olingan maxsus namunalaming cho‘zilishi, zarbga va
159
egilishga bardoshliligi sinaiadi. Zarur hollarda esa mikroskopik
tekshiruvlar ham o ‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |