1. A → B + xβ+ + yn. Ushbu yadro reaksiyasida B izotopining zaryadi A izotop zaryadidan 3 birlikka, neytronlar soni esa 5 birlikka kam bo’lsa, x va y ni aniqlang.
A) 3 va 2 B) 3 va 5 C) 3 va 8 D) 5 va 3
2. Bariy xlorid eritmasiga tegishli miqdorda Na2SO4·10H2O kristallogidratidan qo‟shilganda 233 g cho‟kma tushdi va 2,5 molyalli eritma hosil bo‟ladi. Dastlabki bariy xlorid eritmasining massasini (g) aniqlang.
A) 524 B) 628 C) 208 D) 828
3. 200 g 75% li CsOH eritmasiga qancha (ml) suv quyilsa, 1,6 molyalli eritma olinadi?
A) 600 B) 575 C) 550 D) 660
4. Molyar konsentratsiyalari nisbati 2:1 bo‟lgan teng hajmli sulfat va xlorid kislota eritmalarini to‟la neytrallash uchun 200 g 28% li KOH eritmasi sarflandi. Reaksiyaga kirishgan sulfat kislota massasini (g) aniqlang.
A) 39,2 B) 7,3 C) 98 D) 49
5. Bariy va magniy korbanatlaridan iborat 109,5 g aralashma qattiq qizdirilganda 69,9 g qoldiq qoldi. Dastlabgi aralashmadagi bariyli tuzning massa ulushini %da aniqlang.
A)36 % B)25% C)54% D)48%
6. Tabiiy shifobaxsh suvlar tarkibida Fe2+ionlari mavjud bo’lib, ularning 1l suvdagi miqdori 100mg ni tashkil qilsa 100ml suvdagi temir ionlari sonini aniqlang.
A)2,03*1020 B)2,03*10-20
C)1,075*1020 D)6,02*1020
7. Titr konsentratsiyasi (g/ml) va zichligi (g/ml) 2:5 nisbatda bo’lgan spirt eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang.
A) 50 B) 30 C) 40 D) 60
8. 3 M li K2SO4 eritmasini hosil qilish uchun 2 M li eritma bug’latildi. Eritmadan 672 litr (n.sh) gaz ajralgan bo’lsa, daslabki eritma hajmini (l) hisoblang.
A) 1680 B) 2,16 C) 1344 D) 1,62
9. 400 ml (p=l,47 g/ml) 9 M li sulfat kislota olish uchun 315 g oleum sarflansa, oleum tarkibini aniqlang.
A) H2SO4·0,6SO3 B) H2SO4·1,4SO3
C) H2SO4·0,7SO3 D) H2SO4·1,2SO3
10. Normal sharoitda 40 l azot(I)-oksid (N2O) necha gr keladi? A)78,57 B)57,87 C)87,75 D)69,68
11. 300 ml gazning (n.sh) dagi massasi 0,857 gr ga teng bo’lsa,uning molekulyar massasini toping.
A)44 B)64 C)28 D)30
12. 3,01·10 23 ta suv (H2O) molekulasi dissotsialanishidan nechta ion hosil bo’ladi?
A) 3,01·10
23 B) 6,02·10
23
C) 9,03·10
23 D) 3,01·10
24
13. 128 g suvda 1 mol kuydirilmagan gips eritilishidan hosil bo’lgan eritma tarkibidagi metalning massa ulushini aniqlang.
A)10% B)20% C)30% D)40%
14. MeSO4 tuzining 2 mol miqdori 16 mol suvda eritilganda tuzning massa ulushi 50% ga teng bo’ldi. Metalni aniqlang.
A)Zn B)Fe C)Cu D)Ti
15. 88. Idishda 50 kg 25% li eritma bor. Dastlab eritmadan 20% I olindi, keyin qolgan eritmaning 10% I olindi. Idishda qolgan eritmaning massasi 40 kg bo’lguncha suv quyildi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning massa ulushini %da aniqlang.
A)15% B)18% C)22,5% D)26%
BILIMIM KO’P DEYA ETMAGIN PARVOZ,
BILIMNING CHEKI YO’Q QANCHA BILSANG OZ!!!