10.17.29. “Ustuvor ekstensiv” iqtisodiy o‘sish nimani anglatadi?
a) iqtisodiy o‘sish sur’atini;
b) iqtisodiy o‘sish ko‘lamini;
c) iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
d) iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
e) resurs sig‘imli iqtisodiy o‘sishni.
11-variant.
1.14.51. Milliy iqtisodiyotning o‘lchamlaridan qaysi biri mamlakatning ixtisoslashuv yo‘nalishini belgilab beradi?
a) mulkiy o‘lcham;
b) tarmoq o‘lchami;
c) hududiy o‘lcham;
d) takror ishlab chiqarish o‘lchami;
e) muassasaviy o‘lchami.
2.14.52. Milliy iqtisodiyot faoliyat yuritishi natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni toping:
a) ishsizlik, inflyatsiya, bandlik;
b) narxlar indeksi, ish haqi va daromadlar darajasi;
c) davlat byudjeti ko‘lami, uning taqchilligi;
d) YAIM, SMM, milliy daromad;
e) iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi.
3.14.53. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan qaysi biri mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib beradi?
a) YAIM, SMM, milliy daromadning aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan miqdori;
b) ishsizlik, inflyatsiya, bandlik darajasi;
c) ish haqi va daromadlar darajasi;
d) savdo aylanmasi va to‘lov balansi holati;
e) davlat byudjeti va uning taqchilligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |