Qiymat, pul va foiz nazariyalari.
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil kildi. Uning bu sohadagi fikrlari o’ziga
xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo
tovarning almashuv qiymati va bahosi sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi to’g’risidagi g’oyani, ya’ni foydalilik g’oyasini ilgari surdi.
Keyinchalik bu g’oya zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy rol o’ynadi.
A.Tyurgo pulni o’z mohiyatiga ko’ra tovarlar dung’sidagi bir tovar sifatida
ta’riflab, ayniqsa «oltin va kumushni, boshqa har qanday materialga nisbatan moneta (tanga) xizmatini o’tashga yaroqli», deb hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo’lib yaralgan, uning ustiga har qanday kelishuv va qonunlardan qat’iy nazar hamma uchun umumiy moneta bo’lib qoladi. Uning fikricha pul, ya’ni oltin va kumushning bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o’zgarib turiladi, balki bir-biriga bo’lgan nisbati, kam g’ki ko’pligiga qarab ham o’zgarib turadi. A.Tyurgo qog’oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari to’g’risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
A.Tyurgo iqtisodig’tda protektsionizm sig’satining salbiy tomonini ko’rsatib
berdi. Uning fikricha «olish va sotishdagi umumiy erkinlik, bir tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag’batlantiruvchi narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovarni eng past bahoda sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan pulni o’simi
bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan nasixatgo’ylar bid’atlarini qoraladi.
Uning ta’kidlashicha, qarz beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi mumkin bo’lgan daromadni yo’qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni samarali ishlatib ancha foyda ko’rishi mumkin. Ko’rinib turibdiki qarz beruvchi qarz oluvchiga ozor etkazag’tgani yo’q, aksincha birinchisining pulidan ikkinchisi foyda ko’rayapti. Ana shu foyda qarz oluvchini foiz to’lash sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch hisoblanadi. U foizni foydadan to’laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga ko’ra, bunday «kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham manfaatdor. Joriy foizga kelsak, A.Tyurgo bo’yicha, u bozorda kapitalning ko’p g’ki kamligini ko’rsatuvchi termometr vazifasini o’taydi, xususan foizning past bo’lishi -bu kapital ko’pligi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |