A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Davolash
alkogolizmda kompleks bo‘lmog‘i zarur. Yaxshi natijaga 
erishish uchun nasos bo‘lib, bemorning davolanish zarurligini tushunishi 
xizmat qiladi va bunday tushunishga, odatda, tanqidiy munosabatning va 
kasallikni anglashning yo‘qlsgi to ‘sqinlik qiladi. Davolashga negativ 
munosabatni yengish maqsadida turli psixoterapiya usullari qo‘llaniladi. 
Bunday m a’noda jamiyatning pozitsiyasi — bemor ishlayotgan muassasa, 
korxona, bemor oila a’zolarining pozitsiyasi, o‘rta tibbiy xodim qatnashuvi 
lozim bo‘lgan sanitar yorituv ishlari katta ahamiyat kasb etadi.
Davolashda awaliga dezintoksikatsion terapiya kursi (vena ichiga glu- 
koza eritmasi, vitaminoterapiya, ten ostiga kislorod inyeksiyasi, terapevtik 
miqdorda insulin va h.k.) qo‘llaniladi. Davolashning ikkinchi bosqichida 
bemorga alkogolga salbiy shartli refleks hosil qiluvchi vositalaming biri,
83


ko'pincha apomorfin qo'llaniladi. Davolash usuli quyidagicha: bemorga 
teri ostiga 0,25-0,3 ml yangi tayyorlangan apomorfin sulfat eritmasi 
yuboriladi. Inyeksiyadan bir necha daqiqa o 'tgach, so'lak oqishi 
boshlanadi, ko'ngli ayniydi. Bemorga aroq yoki boshqa u doim iste’mol 
qiladigan alkogolli ichimlik hidlab ko‘rishga beriladi. Ko'ngil aynishi 
kuchayganda 30-50 g aroq ichishga beriladi, shundan so‘ng, odatda, 
qusish boshlanadi. Bunday seanslar har kuni yoki kunora, eng yaxshisi 
guruhli usulda o'tkaziladi. Alkogolga salbiy shartli refleks hosil qilish 
uchun, odatda, 15-20 muolaja yetarli. Keyinchalik vaqti-vaqti bilan 
seanslarni ambulator sharoitda takrorlab turish tavsiya etiladi. Shuningdek, 
antabus terapiyasi usuli qo'llaniladi. Antabus, yoki teturam, og'iz orqali 
ichishga 0,5-1 g dan har kuni tayinlanadi. Bemor oldindan batafsil 
tekshiriladi. Antabus alkogolni organizmda kuchli hujayra zaharli moddasi 
bo'lgan va og'ir psixosomatik reaksiya chaqiruvchi atsetaldegid bosqichida 
parchalanishini to'xtatadi. Davolashning birinchi haftalarida bemorga 1- 
2 marta alkogol-antabus sinamasi o'tkaziladi va shu maqsadda 30-50 g 
aroq ichish taklif etiladi. Alkogol qabul qilinganidan 15-20 min. o'tgach, 
arterial bosim ning pasayishi, taxikardiya, yuzning giperem iyasi, 
hansirash, qo'rquv hissi kabi reaksiyalar yuzaga keladi. Sinam alar 
haftasiga 1-2 m arta o'tkaziladi. 2-3 ta sinam adan so'ng bem or 
kasalxonadan chiqariladi va qo'llab turuvchi davolash tayinlanadi. 
Antabusni kundalik qabul qilish keyinchalik bem or qarindoshlari va 
dispanser shifokori tom onidan nazorat qilinishi shart. Organizmning 
alkogolga doimiy sensibilizatsiyasi va uni qabul qilish asoratlaridan 
qo'rquv bem orni spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan saqlab turadi. 
Alkogolizmni davolashning barcha bosqichlarida faol tarzda psixoterapiya 
o'tkazilib, uning maqsadi shaxsning hayotiy qadriyatlarga munosabatini 
qayta ko'rish, yangi qiziqishlarni hosil qilishdan iborat. Shuningdek, 
gipnoterapiya usuli qo'llanilib, bunda bem orgagipnoz yo'li bilan 
alkogolga nisbatan jirkanish hissi ishontiriladi.
Alkogolizmli bemorlarda o'tkir va surunkali alkogol psixozlari kuzatilishi 
mumkin.
Alkogol deliriysi (yoki oq alahlash) kundalik psixiatriya amaliyotida 
eng ko'p uchraydi. U abstinensiya holatida, odatda, alkogol iste’mol 
qilingandan 12-48 soat o'tgach rivojlanadi. Psixoz o 'tkir — kechqurun, 
tungi vaqtda yoki tongga yaqin rivojlanadi. Klinikasida birinchi o'ringa 
rangdor ko'ruv gallutsinatsiyalari chiqib, ong buzilishi va atrof-muhitga 
mo'ljalning yo'qolishi fonida rivojlanadi. Bemor o'zini boshqa vaziyatda 
ko'radi, uni qo'rqinchli hayvonlar, odam lar, shaytonlar, fantastik 
m ahluq larn ing jism lari o 'ra b oladi. G allutsin atsiyalard a m ayda
84


hayvonlarning obrazlari, hasharotlar, kalam ushlar, ilonlar, o'rgim - 
chaklar, suvaraklar, kanalar va h.k. lar ko'pincha kuzatiladi. K o‘ruv 
gallutsinatsiyalari bem or uchun real jismlarning barcha xususiyatlariga 
ega. Odatda, eshituv, taktil, hidlov gallutsinatsiyalari bilan birga kechadi. 
Q o‘rquv va xavotir kuzatiladi. Bem or q o ‘zg‘algan, t a ’qibchilar va 
qaroqchilardan qochib qutulishga harakat qiladi, himoyalanadi, berkinadi, 
yiqiladi. Bu holatda u o ‘zi va atrofdagilar uchun juda xavfli, shuning 
uchun bem orni nazorat qilish, psixiatriya statsionariga jo ‘natish va 
parvarishlashda bu holatlar e ’tiborga olinishi lozim. Psixopatologik 
buzilishlardan tashqari, qator o ‘ziga xos somatonevrologik buzilishlar: til 
v a q o ‘llarda trem or, yuzdagiperem iya, tanaharoratining ko‘tarilishi, 
taxikardiya, polinevritlar kuzatiladi. 0 ‘pka-yurak yetishmovchiligi belgilari 
rivojlanishi mumkin va bu o ‘lim bilan tugashi ehtimoli bor. Oq alahlash 
xuruji, odatda, 3-4 kun davom etadi va ko‘pincha uzoq davomli uyqu 
bilan tugaydi. Keyinchalik psixoz davri haqida pala-partish xotiralar qoladi.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish