A team of politicians


Бобил халқаро муносабатлар тизимида.Хаммурапи сиёсати



Download 0,8 Mb.
bet6/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

2. Бобил халқаро муносабатлар тизимида.Хаммурапи сиёсати.
Er.av. Sh asrdayoq Ikki daryo oralig’ida joylashgan Ur, Ashshur, Mari, Lagash, Umma, Uruk, Suza va Vavilon kabi shahar-davlatlar rivoj topdi. Dastlabki bu davlat birlashmalarining har biri o’z qo’shiqlari, soqchilari, amaldoriga ega bo’lgan. Bu erda podshoni “katta odam” deb atashgan. Mesopatasiyadagi davlatlar o’rtasida o’zaro aloqalar davom etgan va tez-tez turli sabablar bilan urushlar ham bo’lib turgan. Urushda g’olib chiqqan davlat mag’lub davlatni vayron etar, aholisini esa qullarga aylantirar va og’ir o’lpon to’lashgan majbur etardi. Eramizdan avvalgi 1894 yildan 1595 yilgacha bu erda endi mustaqil dinastiya hukmronlik qiladi. Bu dinastiya aktiv tashqi siyosat yuritadi va butun Dajla bilan Frot havzasini o’z qo’l ostida birlashtirishga
intiladi. Frot daryosi sohili va uning o’rta oqimida qadimgi Vavilon shahri vujudga keldi. Er.av. XVIII asrda Vavilon podsholigi kuchayib, butun Dajla va Frot sohillarini egallab oldi, boshqa bir qator davlatlarni o’ziga bo’ysundirgan qudratli davlatga aylandi. Eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda Vavilonda podsho Xammurapi hukmronlik qildi. U o’z hukmronligi davrida Vavilonning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan qonunlarini yaratdi.
Xammurapi qonunlari balandligi odam bo’yidan katta bazalt tosh ustunga, qadimgi mixxat yozuvida o’yib yozilgan. 1901 yilda frantsuz arxeologlari tamonidan topilgan. Hozir Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar to’plami 282 moddadan iborat bo’lib, 3 qismdan: kirish, qonunlar bayoni va xulosa. Tuplamning bizgacha 247 ta moddasi saklanib kolgan, 50 ga yakin moddasi esa o’chib ketgan.1.
“Men, Xammurapi, xudolar tamonidan qo’yilgan rahbarman. Frot bo’yidagi qishloqlarni itoat ettirgan podsholarning eng birinchisiman, men mamlakatimda haqiqat va adolat o’rnatdim” deb boshlanadi qonunlar to’plami Xammurapi tilidan. Xammurapi qonunlari ko’proq sud qarorlari to’plamiga o’xshab ketadi.
Kirish qismida kodeksni chiqarishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat o’rnatishdir, deb ko’rsatilgan.
To’plamning o’rta, asosiy qismida jinoiy ishlarga oid, sud ishlarini yuritish, xususiy mulk, huquqning buzilishi (qarilik va talash), jangchilar huquqiga oid moddalar birma-bir ko’rsatib o’tilgan.
To’plamning xulosa qismida podsho xalk oldida qilgan xizmatlarini birma-bir sanab o’tib, o’zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi podsholarga oq fotiha bergan va bu qonunga rioya qilmaydigan yoki uni bekor qilishga jur’at etadiganlarni qaxr bilan lanatlagan.
Xammurapi katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat o’z qo’lida to’plangan g’oyat katta er fondiga tayanib turib, mamlakat xo’jalik hayotini
rivojlanishi uchun uringan. Mamlakat aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, jumladan qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish va uni
rivojlantirish uchun o’rmonlarni qo’riqlash borasida bir qancha tadbirlar belgilagan. O’rmonlar alohida-alohida o’rmon uchastkalariga bo’lingan va ularga maxsus uchastka mudirlari tayinlagan.
Bobil podsholigining iqtisodiyotidagi sohalar ushbu qonunda aks ettirilgan bo’lib, chorvachilik, dehqonchilik kabi sohalarning rivojlanishida alohida e’tibor berilgan.
Ushbu qonunga ko’ra ish hayvonni ijaraga olgan shaxs uning egasi oldida to’la javobgar bo’lgan. Agar hayvonga biror zarar etsa ijaraga olgan kishi bu zararni to’lagan. Hatto podalarni boqib yurgan cho’ponga ham muayyan javobgarliklar yuklatilgan.
Serunum tuproq bo’lgan ikki daryo oralig’idagi bu davlatda dehqonchilik katta ahamiyatga ega bo’lgan. Sug’orish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Hammurapi mamlakatni g’alla to’la konga aylantirib, erlarni ishlashni osonlashtirganligi, parokanda bo’lib ketgan aholini Shumer va Akkad erlariga to’plaganligi,bu aholini don va suvga qondirganligi, uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtirganligi bilan faxrlanadi.
Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumshatish maqsadida Xammurapi qarzdorlik orqasidan asoratga tushib holuvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz beruvchining xaddan ortiq siquvini oldini olishga harakat qilgan. Masalan, kodeksning 117- moddasida aytilishicha, agar qarzdor o’z qarzi badaliga xotinini, farzandini bergan bo’lsa qarz beruvchi shaxs ular mehnatidan 3 yil davomida foydalangan. 4-yili esa u ota-onasiga yoki eriga qaytarilgan. 3 yil davomida qarz beruvchi tomonidan u shaxs qiynab yoki boshqa yomon munosabatlar natijasida uldirilsa, qarz beruvchining farzandi ham qatl etilgan.
Kodeksning ayrim moddalarida jangchi-kolonistlar bo’lganligi tilga olinadi. Ular podshodan chek erlar olganlar va buning evaziga harbiy xizmat o’tashga majbur etilganlar. Agar jangchi urush davomida asrga tushib qolsa, u muayyan to’lovlar bilan qaytarib olingan. Jangchining erini boshqa kishilar tomonidan o’zlashtirish mumkin bo’lmagan. Jangchi jang davomida xalok bo’lsa uning eri jangchining farzandlariga qoldirilgan. Jangchi-kolonistga podsho tomonidan tortiq qilingan er, qoramol boqish va uni sotish mumkin bo’lmagan.
Xammurapi o’z qonunlari orqali o’z davrining hukmdori sifatida zodogonlar va mulkdorlar manfaatini himoya qildi. Quldor tuzumining yoqlar ekan, mamlakatda yagona boshqaruv g’oyasini ilgari surdi. Adolat o’rnatishga intilgan Xammurapi qullarga shaxsiy mulk sifatida qaraydi.
Xammurapi qonunlarida sharhlangan adolat odamlarning ozod kishilar va qullarga bo’linishini, shuningdek ozod kishilar ham o’zaro teng bo’lmagan turli tabaqalarga bo’linishini nazarda tutadi. Bobil xokimiyatining ijtimoiy tartibi quyidagicha ko’rsatilgan: teng huquqli erkin fuqarolar-jamiyat a’zolari: huquqiy erkin, (ya’ni qul bo’lmagan), lekin jamiyat a’zosi hisoblanmaydigan, podsholik xo’jaligida xizmatdagi teng huquqsiz odamlar, qullar”.
Uning barcha qilayotgan ishlari ezgu g’oyalardan iborat. “Men, deydi Xammurapi, yagona podshoman... Men podsholar ichida eng oliy podshoman, mening qudratimga va so’zlarimga shubha qilinmaydi. Menga qonunlarni Quyosh xudosining o’zi yuborgan... Men Xammurapi adolatli podshoman. Mening so’zlarim bebaho so’zlar, ishlarim tengi yo’q ishlardir” ,- degan so’zlar bilan kunlaydi Xammurapi o’z qonunlar to’plamini.
Hammurapi qonunlari o’z davrida etuk islohotlar davridan, kuchli markazlashgan davlat tashkil etilganidan dalolat beradi. Mamlakatni markazlashgan holda boshqarish muayyan miqdorda aholining tinch-totuv yashashiga olib kelgan va Mesopotamiyaning keyingi davlat boshliqlari davlatni boshkarishlarida g’oyaviy xizmat qilgan.
Qadimgi Sharq - insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi bo’libgina qolmay,
insoniyat tafakkuri bilan bog’liq ilk g’oyalar ilk mafkuralar va ta’limotlar vujudga kelgan ma’naviy makon.
Sharqda yaratilgan ilk g’oyalar dunyo xalqlarining keyingi taraqqiyotiga, yaratilajak ta’limotlariga zamin bo’lib xizmat qildi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Sharq dunyo xalqlari taraqqiyoti uchun o’zining ilg’or g’oyalari, ta’limotlari va tajribasi bilan buyuk donishmand bo’lib xizmat qildi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish