A ta’limiy: O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va o’rgatish. B tarbiyaviy


Granatalarni uloqtirishga tayyorlash



Download 2,44 Mb.
bet81/112
Sana18.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#452706
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112
Bog'liq
10-sinflar uchun ChQBT fanidan tayyor dars ishlanma

Granatalarni uloqtirishga tayyorlash
Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi. Qo‘riqlash oldi chekining oxiri ajratilib, zapaldan mahkam ushlanadi.
Granatani uloqtirish. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, boshlovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari
almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi.
Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi. Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi.
Granatalarni oqlash «Granatalar tayyorlansin» komandasi orqali amalga oshiriladi. Jang vaqtida esa mustaqil harakat qilinadi. Granatani o‘qlash uchun granatalar saqlanadigan sumkadan granatani chap qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘lda korpus trubkasini burab, qopqoq chiqarib olinadi. So‘ngra granatani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan sumkadan zapal olinadi. Zapal markazdagi trubkaga aylantirilib, oxirigacha qotirib buralgandan keyin granata otishga tayyor bo‘ladi.
Parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirish har xil sharoitda bajariladi. Ya’ni tik turgan holda, tizzada o‘tirgan yoki yotgan holatda, shuningdek, BMP (BÒR)larda harakat chog‘ida va piyoda hujumga o‘tilganda bajariladi. Granatani uloqtirish uchun qulay joy tanlashni hisobga olish kerak. Chunki uloqtiriladigan granataning mo‘ljalga tushishi uchun daraxt shoxlari, baland o‘sgan o‘simliklar, simlar va boshqa holatlar granatani otishga xalaqit berishi mumkin. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, barmoqlar bilan boshlovchi dastakni va korpusni qisgan holda boshlovchi qattiq qisishni davom ettirib, boshqa qo‘l bilan qo‘riqlash oldi chekini to‘g‘rilab halqani uzib, nishonga uloqtiriladi (mudofaa uchun qo‘llaniladigan granatalar uloqtirilgandan keyin pana joyga o‘tib, yashirinish lozim bo‘ladi). Granatani uloqtirish jarayonida qadam tashlab yoki yugurib harakatlanish zarur. Granatani o‘ng qo‘lda yarim bukilgan holda ushlab va qurolni chap qo‘lga olib, qo‘riqlash oldi cheki olib tashlanadi. Chap oyoqda qadam tashlanganda, qo‘l granata bilan oldinga, pastga harakat qilinib, o‘ng oyoqda ikkinchi qadamni tashlab harakat qilgan holatda, qo‘lni pastdan yoysimon tutib, granata korpusini o‘ng tomonga qaratib, uchinchi qadam tashlashda chap oyoqni mo‘ljallangan tomonga qo‘ygancha, o‘ng oyoqning tizza qismini egib, korpus burilish holatini yakunlab, qo‘l aylantiriladi. Qadam tezligini oshirib, harakatni jamlagan holda granata korpusi uloqtiriladi. Okop va transheyalarda granatani uloqtirishda, qurolni okop tepasidagi tuproq uyumi ustiga qo‘yib, granata o‘ng qo‘lga olinadi. Belni eggan holda har ikki oyoqni erkin egib, o‘ng qo‘lni granata bilan oxirigacha qaytarib, chap qo‘lga tayangancha, granatani nishonga to‘g‘rilab uloqtiriladi. So‘ng o‘zi tezlik bilan panaga yoki okopga yashirinadi.
Okop va transheyalarda joylashgan dushman kuchlarini yakson etish maqsadida granatani ufqning uchburchak tomoniga o‘rtacha 35°—45° da to‘g‘ri harakatlanishiga keltirib uloqtirish lozim. Chunki granata mo‘ljallangan joyga aniq tushishi va trayektoriya (harakatlanish yo‘li)ga kamroq zarar yetkazib, atrofga kamroq sochilishi kerak.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish