Teri rangi.
Terining rangi
melanin pigmentiga bog‘liq. U terining
epidermis hujayralarida hamda hujayralar orasida joylashgan. Chin terini birikti-
ruvchi qismida melanin uchramaydi. Melanin pigmentini hujayralardagi miqdoriga
qarab teri rangi har – xil bo‘ladi. Maboda terida melanin pigmenti sintezlanmasa
teri oq rang – ya‘ni albinos ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda Yevropaliklar terisi oqish,
17
afrika negrlari papuaslar, malayziyaliklar, avstraliyaliklarda shakolod, ayrim negr
guruxlarida qora rang ustunlik qiladi. Yevropaliklar terisida melanin pigmenti kam
miqdorda bo‘ladi, teridagi qizg‘ish qon tomirlari tufayli uning rangi och pushti
bo‘ladi. Terining rangi yana teridagi qon tomirlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Binobarin
teri hujayralarida qancha melanin ko‘p bo‘lsa teri shuncha qora bo‘ladi.
Odam tanasining bo’yi va og’irligi.
Odamning
bo‘y uzunligi muxim
morfologik belgi xisoblanadi. Bo‘yning uzunligi yoshga, jinsga va xududga qarab
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yevropaliklarda bo‘yning o‘rtacha uzunligi erkaklarda 165,
ayollarda 154 sm ga teng.
Bo‘y uzunligiga qarab Martin barcha odamlarni uch guruhga ajratadi. Bular:
past bo‘ylilar, o‘rta bo‘ylilar va baland bo‘ylilar. Past bo‘yli odamlarni o‘zlari ham
uch guruxga ajraladi: pak pakanalar, pakanalar, nisbatan pakanalar. Pak pakana
odamlarning erkaklarida bo‘y uzunligi 129 sm ayollariniki 120sm gacha. Pakana
odamlarning erkaklari bo‘yi uzunligi 130-140, ayollariniki 121-139 sm. Nisbatan
pakana odamlarning erkaklarini bo‘yi uzunligi 150-159sm, ayollariniki 140-148
sm atrofida bo‘ladi. O‘rta bo‘yli odamlar ham bo‘y uzunligiga qarab uch guruxga
ajraladi 1) erkaklarda bo‘y uzunligi 160-163, ayollarda 149-152sm 2) erkaklarda
164-166.9 3) 167-169.9 ayollarda 156-159.9. Baland bo‘yli odamlarning
erkaklarini bo‘y uzunligi 170-179.9 ayollarniki 159- 167.9, juda baland bo‘yli
odamlarning erkaklarini bo‘y uzunligi 180-189.9sm ayollarniki 168-186-9.
Nihoyatda baland erkaklarning bo‘yi 2 metrdan ayollarniki esa 187sm dan yuqori
bo‘ladi.
Dunyo bo‘yicha eng pakana odamlar Markaziy Afrika, Janubiy-Sharqiy
Osiyo, Janubiy Afrikaning bushmenlari sanaladi. Baland bo‘ylilar Afrikaning
tropik o‘rmonlarini shimolida yashovchi negrlar, Shotlandiyaliklar, Markiz
oralidagi polineziylar xisoblanadi. Bo‘y uzunligi 160smdan past bo‘lganlar
Yevropaning shimolida, Osiyo, Amerikaning shimolida yashovchi xalqlardir. Past
bo‘ylilarga Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashovchi yaponlar, Xindiston, Janubiy
Xitoy, Indoneziya, Markaziy va Janubiy Amerika axolisi kiradi. Bo‘yi 170 sm dan
18
baland bo‘lganlarga Norvegiyaliklar, shvedlar, kavkazlar, Shimoliy – G‘arbiy
Xindiston, Shimoliy Amerikada yashovchi xalqlar vakil xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |