A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

 
Ibtidoiy shorvachilikni
ng
 paydo bo’lishi 
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi haqidagi nazariya o‘zlashtiruvchi 
iqtisodiyotdan, ishlab chiqaruvchi iqtisodga o‘tish, uy hayvonlarini xonakilash-
tirish muammosini chetlab o‘tmadi. Lekin hayvonlarni xonakilashtirishga oid 
nazariya o‘simliklardagi singari to‘liq, atroflama yartilmagan. 
N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi olimlar hayvonlarni 
xonakilashtirishni besh markazga bo‘lgan. Bular
1) Xitoy – Malayziya (cho‘chqaning bir necha turi, tovuq, o‘rdak, Xitoy g‘ozi, 
to‘ti, ipak qurtini bir necha turi, Xitoy arisi, oltin baliq, chamasi it ham)
2) Hindiston markazi (zebra, Osiyo qo‘tosi, qoramol, Hindiston mushugi, hind 
arisi, hind fili, tovuq, it, tovus).
3) Janubiy – G‘arbiy Osiyo (yirik qoramol, sharq oti, qo‘y, echki, cho‘chqa, bir 
o‘rkachli tuya, ari turi, kaptar).


102 
4) O‘rta yer dengizi markazi (shoxli qoramol, g‘arb oti, qo‘y, echki, cho‘chqa 
o‘rdak, g‘oz, quyon).
5) Indoneyziya (lama, muskus o‘rdagi, dengiz cho‘chqasi). 
Qo‘shimcha yana yetita kichik markazlar ajratiladi. 
1) Tibet- pamir (qo‘tos) 
2) Sharqiy Turkiston (ikki o‘rkachli tuya) 
3) Sharqiy Sudan (bir o‘rkachli tuya) 
4) Janubiy Arabiston (bir o‘rkachli tuya) 
5) Absissiya (nubiya eshagi, adinson arisi) 
6) Janubiy Meksika (tustovuq) 
7) Sayan – Oltoy (dumbali qo‘y, shimol bug‘usi) 
O‘simlikshunoslikdagi kabi bu yerda uy hayvonlarini diskret – alohida – 
alohida shakllanganligi haqida so‘z yuritiladi. Snunga ko‘ra hayvonlarning ba‘zi 
turlari har xil markazlardan paydo bo‘lgan deb ta‘kidlanadi. 
Markazlarning geografik o‘rni zoologik, geografik dalillarga asoslangan, 
chunki arxeologik dalillar bu soha bo‘yicha juda ham kam. 
Ayrim hayvon turlarini xonakilashtirishdagi izchillik. 
O‘simliklarni 
madaniylashtirish, hayvonlarni xonakilashtirishga nisbatan qiyin, chunki 
o‘simliklar passiv, odamlar va faol hayvonlarning xulq-atvori evolyutsiya 
jarayonida tarkib topgan. Har bir hayvon evolyutsiya davomida o‘ziga xos xulq- 
atvorga ega bo‘lgan. Hayvonlarning o‘ziga xos xulq - atvori ularni qo‘lga 
o‘rgatishda katta to‘siq hisoblanadi. Hozir ham hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish qiyin. 
Bizni bilimlarimiz qadimgi odamlarga qaraganda yuqori bo‘lsa-da. 
Mushuklar uylarda yashasa ham yirtqichlik xususiyatini tashlagan emas. 
Hayvonlar xulq- atvori – ishonmaslik, qo‘rqish, yirtqichlilik instinktlari ularni 
xonakilashtirishda doimo to‘siq bo‘lib kelgan. Qadimgi Misrda dastlabki davrda 
xonakilashtirilgan turlar ohu (kiyik) tulki, giena, turna, maymunlarning ayrim 
turlarini to‘liq xonakilashtirib bo‘lmagan. Itlar esa o‘zining faolligi 
harakatchanligi, qiziquvchanligi, qo‘rqmasligi tufayli o‘ng‘aylik bilan qo‘lga 
o‘rgangan. Ko‘p olimlarning qayd etishicha, bo‘rilar va chiya bo‘rilarning 


103 
ayrimlari odamlar orqasida harakatlanishi, odam yashaydigan joydan uzoqda 
bo‘lmasligi, odamga qiziqishi ularni qo‘lga o‘rgatishga qulaylik tug‘dirgan. 
Keyingi yillarda texnikaning rivoji tabiat haqidagi bilimlari kengayishi 
insoniyat tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi tufayli tabiatni yanada 
o‘zlashtirish imkoniga ega bo‗ldi. 
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida ularning ko‘p belgilari yovvoyi 
ajdodlariga nisbatan bir yo‘nalish bo‘yicha katta o‘zgarishlar ega bo‘lgan. Bularga 
birinchi navbatda kalla skeletining o‘zgarishi kiradi. Yovvoyi ajdodlarga nisbatan 
xonakilashtirilgan barcha hayvonlarda oliy nerv faoliyati pasaygan, hatto, harakat 
diapozoni kamaygan va ular birmuncha kamharakat bo‘lib qolganlar. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish