Ko’rsatkichlar
|
V mahsulotini ishlab chiqargunga qadar, ming so’m
|
V mahsulotini ishlab chiqarishdan so’ng, ming so’m
|
Sotishdan tushgan daromad
|
49500
|
89500
|
O‘zgaruvchan xarajatlar
|
19500
|
39500
|
Marjinal daromad
|
30000
|
50000
|
Doimiy xarajatlar, shundan:
|
|
|
Тo‘g‘ri
|
6800
|
21500
|
Egri
|
16000
|
16000
|
Foyda
|
7200
|
12500
|
Ishlab chiqarishning o‘rtacha rentabelligi,
%
|
61,0
|
55,9
|
Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo‘yicha, balki har bir zonani foydaning umumiy summasiga qilgan qo‘yilmalari bo‘yicha baholanadi. Subyektning marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo‘yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi bo‘yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish bo‘linmasi tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo‘lim va sex boshliqlarini moddiy rag‘batlantirishda qo‘llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo‘lib xarajatlarning me‘yorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo‘linma tomonidan qilingan qo‘yilma to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo‘lgan ta‘siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo‘lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari bo‘yicha talabning elastikligini kuzatishdir.
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko‘tarilishi - sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o‘sishi hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo‘yicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo‘lsa sotishning o‘sishi haqiqiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo‘lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qo‘yilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa, unda o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o‘zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o‘sishi uchun qo‘shimcha qo‘yilma va ishchi kuchi to‘plamini talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko‘tarilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |