A sotivoldieva moliyaviy va boshqaruv hisobi


Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish



Download 0,86 Mb.
bet79/154
Sana20.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#180044
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish



Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo‘llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste‘molchilarga yetkazib berish yo‘li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo‘yicha olinadigan daromadlar to‘g‘risida alohida hisobotlarni talab qiladi.

Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to‘liq moliyaviy ma‘lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi.

Alohida segmentlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo‘lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o‘zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o‘zaro bog‘liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo‘linmalarining xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to‘liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo‘linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to‘ldirilganligi o‘rtasida aloqa mavjud.

Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug‘diradi. Uning yechimi ko‘proq rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro‘yobga chiqadi. Bir subyekt uchun nazorat tizimining o‘ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o‘z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o‘ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to‘g‘ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo‘llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o‘zgarishining ta‘sirini aniqlash.

Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta‘minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo‘lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qo‘yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi.

Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi:


Kutilgan foydani olish uchun sotilgan mahsulot birligining miqdori

= Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda Birlik mahsulotning narxi


Oldingi misolning ma‘lumotlari bo‘yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya‘ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak.

Hisobning to‘g‘ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi:

Yalpi foyda (yoki marjinal daromad)

= Mahsulotni sotishdan tushgan

daromad

- O’zgaruvchan sarflar


Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko‘rsatilgan (9.4-chizmaga qarang).

Sarflar va daromad, m.s.

400000

350000

300000

250000
200000

150000
100000

50000

0

9.4-chizma. Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad)



O‘zgaruvchan sarflar chizig‘i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona buyum va 100000 so‘m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va o‘zgaruvchan (OK) xarajatlarning o‘rtasidagi farqqa teng.

Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so‘mdagi doimiy xarajatlarning summasi o‘zgaruvchan xarajatlarga qo‘shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig‘i o‘zgaruvchan xarajatlar chizig‘iga parallel bo‘ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan daromad chizig‘i (OS) va o‘zgaruvchan xarajatlar chizig‘i o‘rtasida ko‘rsatilgan. Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha bo‘lgan birligi darajasida joylashgan.


Хavfsizlik hududi

=

Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

-

Zarasizlik nuqtasidagi sotish hajmi

Хavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti

=


Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

+


Zararsizlik nuqtasidagi sotish hajmi

Rejalashtirilayotgan sotish hajmi



Shunga e‘tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni (diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo‘ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida mahsulot birligiga bo‘lgan sotish narxi va o‘zgaruvchan sarflar boshqacha bo‘ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi:

Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko‘rsatmoqda. U subyektning zarar ko‘rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Mahsulotning rentabelligi

= Mahsulot birligiga ta‘luqli marjinal daromad

Mahsulot birligining narxi

x 100



Umumiy tahlildan so‘ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-jadvalga qarang).

9.3-jadval Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilma

Mahsulot

Mahsulotning rentabelligi, %

Marjinal daromad, so‘m

Mahsulotning assortimenti tizimi, %

A

62

10000000

20

B

60

20000000

40

V

50

20000000

40

Yalpi marjinal daromad




50000000

100



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, rentabellik foyda bo‘yicha 14,5dan 16 %gacha o‘sgan bir davrda marjinal daromad bo‘yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi.

Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma‘lumot olingan sari kamayadigan ma‘lum boshlang‘ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V mahsuloti boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning assortimentini o‘zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa ajab emas.

Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko‘p pog‘onali segment hisobi ma‘lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo‘llaniladi (9.4-jadvalga qarang).


Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili

9.4-jadval


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish