Bog'liq Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4
Ijtimoiy infratizmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi.
Ijtimoiy turmushga ta’sir o'tkazuvchi infratuzilmaning asosiy jihat- lariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqaruvchi kuchlami oqilona joylashtixish;
aholi mehnat faolligi ko‘lamini kengaytirish;
mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish;
—bo‘sh vaqt fondini boyitish va undan foydalanish shart-sharoit- larini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;
ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga ta’sir etish.
Ijtimoiy infratuzilma murakkab vazifalar tizimidan iborat bo'lib, unda barcha unsurlar o'zaro bog'langanki, ulardan birining rivojla- nishdan ortda qolishi, boshqalaridan samarasiz foydalanishga sabab bo'ladi. Shu boisdan mintaqa ijtimoiy infratuzilmasining majmuaviy tarzda rivojlanishini
ta’minlash muhim vazifadir.
Qishloq xo'jaligi korxonalarining samarali mehnat jarayonida bo'lgani kabi, ishlovchi kuchini takror ishlab chiqarishda ham zarur shart-sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu vazifani bajarishga ijtimoiy infratuzilma bo'limlari va xizmat sohalari yo'naltirilgan.
Ijtimoiy infratuzilma o'zida mehnat jarayonida ishlovchilami samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlami yaratishga yo'naltirilgan jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bir qismini aks ettiradi. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining me’yoriy rivojlanishi uchun shart-sharoitlami ta’minlaydilar.
Ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning zamr malakali kadrlarga bo'lgan talabini qondirishni tartibga soladi, kadrlarni takror ishlab chiqarishga va qishloq xo'jaligiga bog'lanib ketishiga ko'maklashadi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi.
Ijtimoiy infratuzilma bo'limlari nafaqat korxona, balki ulaming oila a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart- sharoitlami yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish va maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo'jalik korxonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Xo'jaliklar ijtimoiy
rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasi. infratuzilma bo'limlarini shakllantirishga zarur moddiy, pul va mehnat resurslarini ajratadilar.