Infratuzilma — lotincha so ‘z bo ‘lib, infra-quyi, asos, structure (tuzilma) - tuzilish, o‘zaro joylashuv та’nosini ifodalaydi.
Infratuzilma milliy xo‘jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi.
U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan munosabatlar orqali qishloq xo'jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining boiinmas qismi hisoblanadi.
TJ korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo'jaligining pirovard mahsulotining miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga
yo'naltiradi. Infratuzilma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensiv- lashtirish va samaradorligini o'sishining muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolami hal etishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Agrar sohada xo'jalik yuritishda xizmat ko'rsatuvchi infratuzil- malaming o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlash, urug'ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig'ib olish va boshqa barcha jarayonlarda turli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi.
Bundan tashqari qishloq xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalami qanchalik taraqqiy etganligiga bog'liqdir. Qishloq xo'jaligida mahsulot hajmining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi xizmat turlarining ko'payishi bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, xususan, texnika, agrokimyo, melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urug'chilik, yoqilg'i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o'tish mumkin.
Demak, qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etishi mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlash, ko'p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o'sishining ta’minlanishiga erishish mumkin.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko'rsatilayotgan turli xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi.
Infratuzilma subyektlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish muno- sabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish va ta’minot tizimidagi korxonalar faoliyati rivojlantirilmasdan qishloq xo'jaligida iqtisodiy barqaror o'sish sur’atlarini ta’minlash, qishloq xo'jaligi korxonalari va dehqonlarning daromadlarini ko'paytirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |