Agrosanoat majmuasining rivojlanishi, majmua tarkibidagi korxonaiarning ko‘payishi, bir necha masalalarning ijobiy hal etilishini ta’minlaydi:
qishloq hududlarida ishga yaroqli kishilarni ish bilan ta ’minlash;
tayyor bozorbop mahsulotlarni ко ‘proq ishlab chiqarish;
chiqimsiz texnologiyalami joriy etish;
xojaliklaming pul tushumlarini ko ‘paytirish;
qishloq xojaligi mahsulotlarining nobudgarchiligini kamaytirish.
Agrosanoat majmuasi tuzilmalarining ustunligini ta’minlashning strategik jihatdan muhim manbalaridan biri bu innovatsion takror ishlab chiqarishdir. U hozirgi zamon strategik tadbirkorligining o‘zagini tashkil etadi. Agrosanoat majmuasi bozorining haqiqiy bo'lishi, xaridorlar va sotuvchilar uchun foydali innovasion tovarlar hamda ularga bo'lgan talabni o'z ichiga qljshi uchun bozor kuchlari shakllanishiga shart- sharoit yaratish va ulaming raqobatini institutsional ta’minlash lozim.
Respublika hukumatining eng muhim vazifalaridan biri aholining iste’mol tovarlariga nisbatan o'sib borayotgan talabini qondirishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi «2009- yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallami ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi 1048-son qaroriga muvofiq qishloq va suv xo'jaligi tizimidagi korxonalar o'z faoliyatlarini kundan kunga kengaytirmoqdalar. Aholini oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilarAto'liq ta’minlanishi natijasida ulaming farovon hayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu muammoni agrosanoat majmuasi hal etadi. Agrosanoat majmuasida barcha tarmoqlar o'zaro integratsiyalashuvi hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste’molchilaiga yetkazib berilishi zarur. Bular:
birinchisi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq- ovqat mahsulotlari majmuasini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, shakar, go'sht va go'sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, konyak, aroq, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zamr moddalami berib, uning sog'lom o'sishini ta’minlaydi.
ikkinchisi, agrosanoat majmuasi aholi uchun hayot kechirish jarayonida foydalaniladigan tovarlarni ishlab chiqaradi. U xalq iste’moU mollari majmuasini tashkil etadi. Unda oyoq kiyimi, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, texnika yogiari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Majmua rivojlanishi bilan aholining yashash sharoiti o'zgaradi. Bu yerda aholining zarur bo'lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko'rsatilishi va boshqalar ham e’tiborga olinishi kerak.A
Do'stlaringiz bilan baham: |