Nazorat va muhokama uchun savollar:
Menejment jarayoni nimalarni o ‘z ichiga oladi?
Menejment jarayoni qanday bosqichlami o'z ichiga oladi?
Qanday menejment maqsadlari mavjud?
Menejment maqsadlariga qanday asosiy talablar qo ’yiladi?
Joriy maqsadlar deganda nimani tushunasiz?
Istiqboldagi maqsadlar deganda nimani tushunasiz?
Muammoli maqsadlar deganda nimani tushunasiz?
Innovatsion maqsadlar deganda nimani tushunasiz?
Menejment funksiyalari nimalardan iborat?
Tashkiliy tuzilma deganda nimani tushunasiz?
Boshqaruvda tashkiliy tuzilmalarning tutgan o'rni va ahamiycfi nimadan iborat?
Boshqaruv tashkiliy tarkibining qanday turlari mavjud?
bob. AGROSANOAT MAJMUASI MAMLAKAT
IQTISODIYOTINING KO‘P TARMOQLI TIZIMI SIFATIDA
Agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari va tarkibi
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiya, texnika va uskunalar, mineral o‘g‘itlar, yoqilg'i va maxsus kimyoviy vositalar, kreditlar bilan ta’minlash, urug‘chilik muammolarini o‘rganish va yechish, mintaqaga xos urug'chilikni tashkil etish, urug‘ samaradorligini baholash, xo‘jaliklami urug‘ tayyorlovchi va saralovchi korxonalar va nav yaratuvchi muassasalar bilan aloqalarini ta’minlash, agroservisni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, biznes maktablar, malaka oshirish markazlari, fermerlarni o‘qitish kurslari faoliyatini muvofiqlashtirish va talab darajasiga yetkazish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshiradi, ko‘p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatini chambarchas bog‘liqligini taqozo etadi.
Bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish vositasi vpki xomashyosi bo‘lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi.
Qishloq xo'jaligi, bir tomondan, texnika, qishloq xo'jalik mashi- nalari, yoqilg‘i moylash materiallari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog'langan.
Shu vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan xomashyo sifatida foydalanuvchi sanoatning oziq-ovqat, yengil, to‘qimachilik kabi tarmoqlari bilan ham mustahkam aloqalari mavjud.
Sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlari o'rtasidagi bunday bog'liqlik qishloq xo'jaligi va sanoatga tubdan tegishli bo‘lgan yagona pirovard maqsadga ega bo‘lgan agrosanoat majmusining shakllanishiga sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |