X YDq XSFq
ydf4=AfTAfT a°-4)
bunda: YDFq — yalpi daromad bo'yicha fond qaytimi (so'm);
ZYDq — yillik yalpi daromad qiymati (so'm):
AFq — asos fondlaming qiymati (so'm);
LSFq —yillik sof foyda qiymati (so'm).
Bu ko'rsatkichlar yordamida 1 so'mlik asosiy fondlar evaziga necha so'mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof foyda olinganligi aniqlanadi.
Bu ko'rsatkichlar miqdori yuqori bo'lgani yaxshi.
Fondlar sig‘imi. Uni aniqlash uchun asosiy fondlaming yillik o'rtacha summasini yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymatiga taqsimlash zarur. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: AF
(10.5)
bunda: Fs — fond sig'imi (so'm).
Fond sig'imi esa bir so'mlik qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtirish uchun qancha asosiy fond qiymati to'g'ri kelishini ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish fondlarining (asosiy va aylanma) iqtisodiy sama- radorligi rentabellik ko'rsatkichi bilan ham xarakterlanadi. Iqtisodiyotda bu ko'rsatkich foyda me’yori deyiladi. U quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: F.=AF,+AyF„ 'Ш% 00.6)
bunda: Fm— foyda me’yori, foiz;
AFq - asosiy fondlaming o'rtacha yillik qiymati;
AyFq— aylanma fondlaming o'rtacha yillik qiymati (so'm).
F — foyda, so'm.
Foyda normasi bir birlik ishlab chiqarish fondlari qiymatiga qancha foyda olinganligini ko'rsatadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi fondlarining muhim qismini aylanma fondlar tashkil etadi. Aylanma fondlar ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining to'xtamay amalga oshishini ta’minlab turadi. Ularning natura holidagi ko'rinishi aylanma vositalar deyilsa, pul (qiymat) shaklidagi ko'rinishi aylanma fondlar, mablag'lar, deb ataladi.
Asosiy fondlardan foydalanish darajasi xo'jalik, uning ishchi va xizmatchilarini fondlar bilan ta’minlanganligiga hamda mehnatning qurollanganligiga bog'liq.
Shunday ekan, xo'jalikda bu ko'rsatkichlami aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagi tartibda aniqlanadi: jumladan, xo'jalikning asosiy fondlar bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun undagi asosiy fondlaming o'rtacha yillik summasini foydalanilgan yer maydoniga taqsimlash lozim.
_ AF„ т —
Bu quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
AF= — a- (10.7)
bunda: AFT — asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi (so'm/ga);
AFq — asosiy fondlaming yillik o'rtacha qiymati (so4m);
S — foydalanilayotgan yer maydoni (ga).
Mehnatning asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi esa, asosiy fondlaming yillik o'rtacha summasi, shuningdek, ularning quwati ishlagan ishchi-xizmatchilar (mehnat resurslari) ning o'rtacha yillik soniga taqsimlanadi. Ulami ushbu ifodalar yordamida aniqlash mumkin: AF
bunda: Mt — mehnatning (1 kishiga) asosiy fondlar bilan ta’min- langanligi (so‘m/kishi);
AFq — asosiy fondlaming o'rtacha yillik quwati (ot kuchida);
N — mehnat resurslarining o'rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko'rsatkichlar xo'jaliklaming ixtisoslashishiga, mashina-texnika- lar bilan ta’minlanganligiga ko'ra, farq qilinishi mumkin. Ayniqsa, oxirgi formula yordamida aniqlangan ko'rsatkich ishlab chiqarish mexa- nizatsiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini ta’minlab, jonli mehnat xarajatlarini tejab, mehnat unumdorligining yuksalishiga olib keladi.
Aylanma fondlarga (vositalarga) ishlab chiqarish jarayonida ishla- tiladigan mehnat vositalari va moddiy ne’matlaming ayrimlari kiradi. Aylanma vositalar, mablag'lar qishloq xo'jalik ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, bir shakldan ikkinchi shaklga aylanib turadi. Masalan, bug'doy urug'i ekilib, niholi unib chiqishi jarayoni. Bu jarayon falsafa qonuniga ko'ra, inkomi-inkor etish, deb ataladi. Aylanma fondlar asosiy fondlardan farqli o'laroq, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o'z moddiy qiymatini va shaklini to'liq o'zgartiradi. Misol: ekilgan urug' o'simlikka, mineral o'g'itlar esa ozuqa moddaiarga aylanadi, yonilg'idan foydalanish natijasida mashina-traktorlar ish bajaradi va hokazolar. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy bo'lganligi uchun, aylanma fondlaming sarflanishi, tarkibi yil davomida o'zgarib turadi. Masalan, qishda aylanma fondlaming ko'p qismi urug' va ozuqa, yozda esa fondlaming aksariyat qismi neft mahsulotlari, mashina ehtiyot qismlari, tugallan- magan ishlab chiqarish bilan band bo'ladi. Qishloq xo'jaligi korxonalarining aylanma fondlariga (vositalariga) quyidagilar kiradi:
—o'g'itlar va boshqa kimyoviy vositalar;
—idish va idish materiallari;
urug' va urug'lik materiallari;
—qurilish materiallari;
—tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari:
realizatsiyaga tayyor mahsulot;
xaridorlar bilan hisob-kitob qilinadigan mablag'lar;
—material va xomashyolami sotib olish uchun pul mablag'lari,
hisob raqamidagi, g'aznadagi mablag'lar va boshqalar.
Aylanma fondlarining aylanishi o'zida uch bosqichni mujassam- lashtiradi: ta’minot, ishlab chiqarish va sotish.
Aylanma fondlar (vositalar)ning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |