Xo'jalik shartnomasining tushunchasi va xususiyatlari:
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish majburiyatini olish, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlami qabul qilib olish va ularning haqini to'lash majburiyatini olish bo'yicha tuzilgan kelishuv xo'jalik shartnomasi deyiladi.
Xo'jalik shartnomasi:
—faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida, ya’nifoyda olish maqsadida;
— yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o 'rtasida;
— tovarlarniyetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ко ‘rsatish to ‘g'risida;
—faqat yozjna tarzda tuziladi.
Qishloq xo'jalik korxonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini ta’minlash maqsadida sifatli, arzon, ekologiyaga salbiy ta’sir ko'rsatmaydigan zamr qishloq xo'jalik mashinalarini, kimyoviy vositalami, yoqilg'i va boshqa zamr materiallami bevosita sanoat tarmoqlaridan sotib olish uchun shartnoma tuzadilar. Ular, shuningdek, texnikalarini ta’mirlatish, yerlami haydash, hosilni yig'ib- terib olish maqsadida ixtisoslashgan mashina-traktor parklari bilan, hasharotlarga hamda zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida esa kimyoviy xizmatlami amalga oshiradigan tashkilotlar bilan, ekin- larning suvga bo'lgan talabini qondirish uchun suv xo'jaligi tashkilotlari bilan shartnomalami rasmiylashtiradilar. Shartnomalarning shartlari
bajarilishini tomonlar, albatta, ta’minlashlari kerak. Shunda buyurt- machining ham, bajaruvchining ham faoliyati samarali boiib, yaxshi natijalarga erishiladi.
Lekin amaliyotda buyurtmani bajaruvchilar shartnomada ko‘r- satilgan muddatda texnikalarni, mineral o‘g‘itlarni, kimyoviy vo- sitalami, yoqilg'ini, ozuqa moddalarini iste’molchilarga yetkazib bermaslik, ularni suv bilan to‘liq ta’minlamaslik holatlari vujudga kelmoqda.
Bunday kamchiliklar aksariyat hollarda shu tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Majmuadagi munosabatlar maqsadga muvofiq tashkil etilmaganligi yetishtirilayotgan mahsulot miqdoriga, uning sifatiga salbiy ta’sir etadi.
Chunonchi, talab etilgan suv ekinga vaqtida berilmasligi oqibatida, awalo, uning o‘sishi susayib, hosil to‘plashi kamayadi, talab etilgan texnika vaqtida borib, hosilni terib olmasa, hosil salmog‘i kamayib, sifati pasayadi.
Shuning uchun shartnomada ko‘rsatilgan shartlar muddatida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan barcha chora-tadbirlami ko'rish maqsadga muvoflqdir. Buning uchun tomonlar juda intizomli, mas’uliyatli, bir-biriga hurmatda, madaniyatli bo‘lishlari kerak. Bu bozor iqtisodiyoti munosabatlarining eng muhim talabidir.
Shartnomaning mukammal, adolatli, tomonlar uchun o‘zaro foyda asosida tuzilishi va shu bilan birgalikda tomonlar o‘z huquqlari doirasida talab qila olishlari hamda o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarishlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |