A samatov, I. B. Rustamova



Download 0,77 Mb.
bet189/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

T — ch

YM

Mahsulot birligi tannarxidan tashqari ayrim ishlar (traktor, avtotransport, ishchi hayvon va boshqalar)ning, shuningdek, qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerga ishlov berish, bir bosh hayvondan mahsulot olish xarajatlari ham aniqlanadi.

Xarajatlarning shakllanish bosqichlariga qarab, tannarxning quyidagi turlari maviud bo'ladi:

  1. Texnologik;

  2. Ishlab chiqarish;

  3. Tijorat yoki to'la tannarx.

  1. Texnologik tannarxga, mahsulotni ishiab chiqarish texnologiyasi bilan bog'liq bo'lgan, shuningdek, boiimlarda brigada, ferma va sexlarda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish bilan bog'liq xarajatlar kiradi.

  2. Ishlab chiqarish tannarxi texnologik tannarxlarning yig'indisini, korxonani va ishlab chiqarishni butunlay boshqarish bilan bog'liq xarajatlarning (umumxo'jalik xarajatlari) yig'indisini ifodalaydi.

  3. Tijorat yoki to'la tannarx ishlab chiqarish xarajatlarining jamisi va mahsulotni sotish bilan bog'liq bo'lgan, muomala xarajatlarining yig'indisini ifodalaydi. U faqat tovar mahsulot uchun hisoblanadi.

Bundan tashqari, hisoblash xarakteriga qarab quyidagicha tannarx turlari aniqlanadi:

  1. Reja tannarxi;

  2. Dastlabki, vaqtinchalik va taxminiy tannarx;

  3. Haqiqiy tannarx.

  1. Reja tannarxi, bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi mahsulot birligiga sarflanishi lozim bo'lgan xarajatlar yig'indisini ifodalaydi.

  2. Vaqtinchalik yoki taxminiy tannarx esa, masalan, 9 oylik haqiqiy xarajatlami va 4-kvartaldagi reja xarajatlarini o'z ichiga oladi.

  3. Haqiqiy tannarx esa yil oxirida korxona xo'jalik faoliyatini yakun qilishda yilhk hisobotlar asosida hisoblanadi. U olingan yalpi mahsulot

uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar asosida topiladi. Mahsulot tannarxi shakllanish joyiga qarab, individual (konkret korxonada, uyushma va boshqa), zona (maium bir zonaning o‘rtachasi) va tarmoq tannarx- lariga boiinadi (mamlakat bo'yicha o'rtacha).

Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan va kmtilmay- digan xarajatlar bo'ladi:

  1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

  1. bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

  2. bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

d) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.

  1. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyat- dan olingan foyda hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:

  1. sotish xarajatlari;

  2. boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);

d) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.

  1. Xo'jalik yurituvchi subyektning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlami hisob-kitob qilishda hisobga olinadigan xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo'yicha xarajatlari:

  1. foizlar bo'yicha xarajatlar;

  2. xorijiy valuta bilan operatsiya bo'yicha salbiy kurs tafovutlari;

  1. qimmatli qog'ozlarga qo'yilgan mablagiarni qayta baholash;

  2. moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar.

  1. Favqulodda zararlar, u daromad(foyda)dan olinadigan soliq to'langunga qadar foyda yoki zararlami hisoblab chiqishda hisobga olinadi.

Yuqorida sanab o'tilgan xarajatlarni turlarga boiinishini kengroq ko'rib chiqish maqsadga muvofiq, ular:

  1. Ishlab chiqarish bilan bog'liq moddiy xarajatlar;

  2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnatga haq to'lash xarajatlari;

  3. Ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar.

  4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

Davr harajatlari deganda, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqamv xarajat- lari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega boigan boshqa xarajatlar.

Davr xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:

  1. Sotish xarajatlari;

  2. Ma’muriy xarajatlar;

  3. Boshqa operatsiya xarajatlari;

  4. Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqari- ladigan xarajatlari.

Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  1. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa

muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan, toiov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo'yicha to‘lovlar;

  1. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlami toiash xarajatlari;

  2. Chet el valutasi bilan operatsiyalar bo'yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;

  3. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablagiarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;

  4. 0‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;

  5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.

Favqulodda zararlar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odat- dagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak boigan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.

U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

  • korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emasligi;

  • bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;

  • boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog'liq emasligi.

Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim.

Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarda joylashgan bo'lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog'liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.

Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxini hisoblash tarmoq xususiyat- laridan kelib chiqadigan bir qancha xususiyatlarga ega:

  1. Dehqonchiiikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek, ish vaqti va ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat xo'jalik yili tugagandan keyin amalga oshirish kerakligini ko'rsatadi;

  2. Ko'pgina dehqonchilik ekinlari va turli-tuman chorvachilik mahsulotlarini olish bir-biri bilan bog'liq;

  3. TugalJanmagan ishlab chiqarish summasini aniqlash faqat yil oxirida 1- yanvar holatida aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili

uchun qilingan xarajatlar kiradi;

  1. Haqiqiy tannarxi faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davomida esa reja xarajatlari bilan hisoblanadi, bu haqiqiy xarajatlarni yil oxirigacha aniqlash imkonini bermaydi;

  2. Turli xil mahsulotlarni joylarga yetkazish xarajatlarining turli- tumanligi.

Qishloq xo'jaligida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining barcha asosiy turlari bo'yicha, shuningdek, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchilar bo'yicha ham tannarx hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxini hisoblashda ma’lum bir ketma-ketlikni saqlash tavsiya etiladi:

  1. Asosiy vositalarni saqlashga mo'ljallangan xarajatlarni rejalashtirish va xarajatlar hisobi obyektlarga qarab taqsimlanadi;

  2. Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatadigan qo'shimcha va yordamchi sanoat ishlab chiqarishi mahsuloti (ish va xizmat) tannarxi hisoblaniladi;

  3. Yerlarni sug'orish va zaxini qochirish bo'yicha xarajatlar taq- simlanadi, ekinlarni changlatishda asalarichilik xizmati hisobdan chiqariladi;

  4. Brigada, ferma, sex va umumxo'jalik xarajatlari taqsimla- nadi;

  5. Rejalashtirish va hisob obyektlari bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy qiymati aniqlanadi;

  6. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi;

  7. Ozuqa sexlarini saqlash bo'yicha xarajatlar taqsimlanadi;

  8. Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi;

  9. Mollarning tirik vazni tannarxi hisoblanadi;

  10. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan, yordamchi (sanoat) ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblanadi;

  11. Dehqonchilik, chorvachilik va sanoat ishlab chiqarish tovar mahsulotlarining kommersiya (to'liq) tannarxi ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarini qo'shish yo'li bilan hisoblaniladi.

  1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlari va omillari

Mahsulot tannarxi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining muhim omili va bir vaqtning o'zida ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi.

Har qanday mahsulot birligining tannarxi ikki miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog'liq bo'ladi.

Tannarx quyidagi hollarda pasayishi mumkin:

  • agar mahsulot o'zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa;

  • agar yalpi mahsulot miqdori ko'payib, xarajatlar o'zgarmasa;

  • agar yalpi mahsulotining o'sish sur’ati xarajatlar o'sish sur’atidan

ilgari ketsa.

Mahsulot tannarxi omillari qishloq xo'jaligida turli-tumandir. Ularni 3 guruhga bo'lish mumkin, ya’ni:

  1. Tannarxning 2 tarkibiy qismiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot miqdori;

  2. Faqat xarajat miqdori;

  3. Faqat mahsulot miqdori.

  1. guruhga:

  1. xodimlaming moddiy manfaatdorligi;

  2. ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash;

d) ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa vaqtda va sifatli bajarish.

  1. guruhga:

  1. ishlab chiqarishning mehnat sig'imi;

  2. ishlab chiqarishning yer sig'imi;

  1. ishlab chiqarishning fond sig'imi,

  2. ishlab chiqarishning material sig'imi. 273

18 — Samatov, G‘. A. va boshq.

  1. guruhga:

  1. qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi;

  2. ekin maydonlari va poda strukturasi;

d) mahsulotni saqlash usullari.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish