Investitsiyalar haqida tushuncha, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati
Investitsiyalar — bu kapitalni yanada ko'paytirish maqsadida amalga oshiriladigan kapital qo'yilmalari. Investitsiya atamasi lotincha «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘yilma» ma’nosini bildiradi. Ka- pitalning ko‘payishi, investor mavjud mablagMar iste’molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi inflatsion yo‘qotishlami qoplash uchun yetarli bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunida, «investitsiyalar» tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat obyektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan.
Investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) — bu iqtisodiyotning barcha sohalari kabi agrosanoat majmuasi sohalarini ham asosiy ishlab chiqarish vositalari yordamida rivojlantirishga, qavia ishlab chiqarishni kengay- tirishga yo'naltirilgan moddiy, mehnat va pul resurslari xarajati majmuidir. Investitsiya so'zi bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi, bir qancha qamrovli makroiqtisodiy tushunchadir.
Moliyaviy ta’rifi bo'yicha investitsiyalar — bu foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yiladigan mablag'larning barcha turlaridir: iqtisodiy ta’rif bo'yicha esa asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish, qayta tiklash va texnik qayta jihozlashga ketgan qo'yil- malardir.
Ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan investitsiyalar deganda, yangi kapital, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni tushuniladi.
Respublikamizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, birinchi nav- batda, agrosanoat majmuasiga, shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasiga ichki va xorijiy sarmoyalami yo'naltirishni talab etadi. Olib borilayotgan tashqi savdo, iqtisodiy, shu jumladan, investitsion siyosat va aloqalarda quyidagi yo'nalishiar ustuvor va muhim ahamiyatga molik hisoblanadi:
agrar sohada eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
respublika qishloq xo'jaligida eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, awalo, qishloq xo'jaligi zamirida qimmatbaho xomashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalami rivojlantirish. Xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda zamonaviy korxonalar barpo etish, ularni ilg'or texnolo- giyalar bilan ta’minlash asosida raqobatbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda importning salmog'ini qisqartirish (sof eksport hajmini oshirish)ga qaratilgan siyosatni izchillik bilan amalga oshirish, ishlab chiqarish mumkin bo'lgan tovarlar va mahsulotlaming chetdan keltirilishiga barham berish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga, xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'ma- tishda, o'z mahsulotlariga chet el bozorlarida sotish uchun ko'proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda imtiyozlar tizimini yanada kengaytirish borasida aniq, maqsadU siyosat olib borish;
xorijiy sarmoyalami respublika iqtisodiyotiga keng ko'lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar tizimini vujudga keltirish va tashqi iqtisodiy o'zgarishlarga mos holda muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuasini — ixtisos- lashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug'urta firmalami, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish manfaatlari va sharoitlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini vujudga keltirish.
Iqtisodiyot bo'yicha Nobelmukofoti sovrindori U.F. Shark (1990-y.) «investitsiyalash» atamasiga quyidagicha izoh beradi: «Ertaga daromad olish maqsadida, bugunpul sarflash», ya’ni investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular kapital harakati jarayoniga jalb qilingan. Ushbu kapital harakati natijasida olingan daromad nafaqat investoming barcha xarajatlarini qoplashi, balki unga tavakkalchilik uchun mukofot olib kelishi ham lozim.
Demak, investitsiyalar — bu keiajakda iloji boricha ko'p va samaraliroq foydalanish maqsadida «ohb qo'yiladigan» boyliklardir. Ularning bir qismini joriy davrda foydalaniJmagan va zaxiraga olib qo‘yilgan iste’mol mablag'lari (zaxiralami ko‘paytirish emas); ikkinchi qismini esa ishlab chiqarishni kengaytirishga yo'naltirilgan resurslar (bino, inshoot, mashina va qurilmalarga qo‘yilmalar) tashkil etadi.
Investitsiyalar turli xil belgilarga turkumlanadi: asosiy kapitalni ko‘paytirish zaruriyati bilan bog‘liq sofva asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan yalpi investitsiyalar. Investitsiyalar yo'naltirilgan obyektiga qarab ham farqlanadi. Mulk, moliyaviy vositalar, nomoddiy boyliklar shunday obyektlar bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ta’sir yo'nalishi bo'yicha: almashtirish, kengaytirish, fondlar tarkibini yangilashga ajratish mumkin.
Maqsadlar va ular bilan bog'liq tavakkalchilik nuqtayi nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo'linadi;
—venchur (tavakkalchilikka xos);
to'g'ridan to'g'ri;
portfel;
annuitet.
Do'stlaringiz bilan baham: |