Mehnat resurslari — mamlakat aholisining о ‘z psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishgayokixizmatlar ko'rsatishga qodir bo 'lgan qismidan iboratdir.
Mehnat resurslari deb, о ‘lining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilarga aytiladi.
Mehnat resurslari o‘ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band va mehnat bilan band bo'lmagan mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan kishilami qamrab oladi. Mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir.
Inson tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun unga muayyan jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasi zarur bo'ladi. Jismoniy rivojlanish darajasi, birinchidan, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan, jamiyatning o'z fuqarolarining sog'lig'ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki ular kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan hisoblanadi.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy, bilimlar hamda ko'nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvafifaqiyatli ishlashi uchun zarur shartdir.
Insonning har ikkala sifati bo'lgan jismoniy va ma’naviy rivoji ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda o'zgarib boradi. Bu hoi, o'z navbatida, mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to'liq aks ettiradi, iqtisodiyotda, umuman, jamiyatda tez va chuqur o'zgarishlar bo'lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlarining ahamiyati ortadi.
Hozirgi davrda qishloqlarni rivojlantirish jarayonida insonning tashabbuskor va faol bo'lishi talab etiladi. Uning qanday yashashi o'zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo'lib ketishi o'z mahoratiga bog'liq bo'ladi. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo'lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog'liq bo'ladi. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik chog'ida esa, tabiiy ravishda birmuncha kamayadi.
Statistik amaliyotga ko'ra mehnat resurslari mehnatga layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yosh va o'rta yoshdagi mehnatga qobiliyatli kishilardan iborat. Ko'pincha yoshroq bo'lganlami ishlovchi o'smirlar, katta yoshdagi kishilarni ishlayotgan nafaqaxo'rlar deb atashadi.
Tarixda mehnatga layoqatli yosh chegaralari ijtimoiy va iqtisodiy sabablarga ko‘ra o‘zgarib turgan. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog'lig'i yomon bo‘lganligi uchun ishlashdan to'xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o'rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni nafaqa bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II guruh nogiron- larining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin.
Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi kishilar davlat tomonidan nafaqa belgilanganga qadar mehnat resurslariga kiradi (ishlamaydigan I va II guruh nogironlari bundan mustasnodir). Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlaming soni nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.
Mehnat resurslarining tarkibiga yosh nuqtayi nazaridan murojaat qilish, ayniqsa, muhimdir, u bozor sharoitida ko‘proq ahamiyatga ega. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvafifaqiyati ko‘p jihatdan yoshlarning soniga bog‘liq bo‘ladi. Yoshlar yangi iqtisodiy «ruh»ni o‘zlari va mamlakat foydasi uchun muvafifaqiyatliroq o'zlash- tirib oladilar. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi mehnat resurslarining miqdori, tarkibi, malakasi va ulardan foydalanish samaradorligiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |