Yulduzlarning xaritalari Yulduzlar xaritalari ham geografik xaritalar kabi, ko’pincha yulduzlarning tekislikdagi proyeksiyasi ko’rinishda ishlanadi.Unda yulduzlarning to’g’ri chiqish va og’ish o’qlari –o’zaro perpendikulyar koordinata o’qlari ko’rinishda aks qilingan.
Xaritaga keltirilgan M yulduzning kordinatalarini topish uchun bu yulduzdan osmon ekvatorini ifodalovchi chiziqqa perpenkulyar qilib,o’tkazilgan og’ish aylanasi yoyini ifodalovchi chiziqning( chizmada vertikal chiziq )—o’qi bilan kesishgan nuqtasidan mazkur yulduzning to’g’ri chiqishi olinadi. M yulduzning –detta og’ishi) esa undan o’tgan sutkalik parallel yoyini ifodalovchi chiziqning (chizmada gorizontal chiziq ) detta o’qi (yoki o’ng tomondagi unga parallel o’q) bilan kesishgan nuqtasidan olinadi. Unda xaritadagi M yulduzning shunday yo’l bilan topilgan koordinatalari.