A. S. Pushkin õz zamondoshi I. I. Dimitriyevga yozgan javob maktubining birida "Siz sodiq xizmatkor qofiyani sevishingiz kerak",- deb uqtirgan edi. G'. G'ulom ijtimoiy kurashdagi antagonistik konfliktni, jamiyat tara



Download 45,5 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi45,5 Kb.
#881207
Bog'liq
Koʼkda tutuni (-WPS Office


Koʼkda tutuni (II,I48) Olmosdan tosh oz
Yeslab qarsak Аyqannos ovoz (I,II)
Loylik, tarsak (II,219) Koʼrkam paxtazor
Xayqirishi bizda bor (17,312). Xazor bor, xazor (I,I2I)

Vatani, xalqi kuvonchidan gʼururlangan shoir. Uning dushmanidan xam gʼazob va nafratga kala oladi, Dar xaqiqat Gʼ. Gʼulom shunday shoir edi. Uning xalq qoʼridan xayajon koʼtarinkilik, tantanavorlik, mexr - shafqatning kuchi qanchalik joy olsa, gʼazab va nafrat, gʼam-alam tuygʼusi xam shunchalik kuchlidir.


A.S.Pushkin õz zamondoshi I.I.Dimitriyevga yozgan javob maktubining birida "Siz sodiq xizmatkor qofiyani sevishingiz kerak",- deb uqtirgan edi. G'. G'ulom ijtimoiy kurashdagi antagonistik konfliktni, jamiyat taraqqiyotinga komunizim qurislishi ishidagi ayrim - illatlarni qoralashada A.S Pushkin takidlaganidek "sodiq xizmatkor- qofiya" kõmagi boshqa poetik priyomlar qatorida katta õrin tutadi.
Shoir raqibidan uning g'oyaviy e'tiqodigina emas, xatto qofiyasi xam nafratlanadi, goh zaxarhanda kulgi ostiga oladi, goh fosh qilishiga o'tadi.
Tarixda kimsasiz iz qoldirgan Chingiz, Jõji, Botu, Temirnag, Amir Olim, Asfandiyorlarning yirqich basharasini va ularga bõlgan sinfiy pozitsiyasini shoir "Afsus - da's (1,159), Amerika imperalizimining Ozod Sharqqa nisbatan qilgan harakatlarining tagi puchligi va it huradi, karvon õtadi degan tezisni, hurgan ko'ppakdek - shishgan puffakdek qofiyalarida kõrsatib beradi. Shoir qofiyasi ritmik tugallanmani ta'kidlovchigina emas, kurashuvchi, fosh qiluvchi qofiyaga aylanadi. Shuningdek "õtkir nayza" singari tig'ini Gebbels bachchayu, imperializm yankilari va uning yolg'onchi propagandistlari - Yolchinlar kabi vaysaqilarga qaratadi:
Bepadar yanglish qonning buzuq, jóshqinlari-la
"Yanki"ni bobom desa deya bersin Yolchinlar.
Lekin endigi tarix ayovsiz panjasi-la
Bu Gebbels bachchani ham jahannamga parchinlar.

"Yolchinlar - parchinlar" qofiyasining fosh qilish kuchini adabiyotshunos N.Shukurov quyidagicha juda tõg'ri takidlangan edi:


"…eng "mõtabar" nomni juda oddiy yól bilan masharalangan, osmondan olis yerga urgan. Yolchinlarni tarixidan oldinroq õzi parchalangan".
G'. G'ulom ijodida qofiya temani emas, tema qofiyani yetaklaydi, uning tabiatini belgilaydi. Hayotiy voqea, ritimning yónalishiga kõra qofiya turli-tuman bõlib kelaveradi. Shuning uchun ham ritm, vazn, qofiya mazmunining ifodachisi sifatida rang-barang tusga kiradi. Fikrning yónalishiga kóra bir xil ritm, qofiyadan ikkinchi ritmga bemalol kóchaveradi. Xususan, qofiyaning doimiy qoidalariga bóysunib ótirmaydi, órni kelsa tóliq qofiyaga, bir bóg'inli yoki alohida bir tovushdan iborat bólgan qofiyaga murojaat qiladi. Mazmunining kengligi, davrning sotsial ózgarish va ilg'or tendensiyalarni berish uchun vazn talabi bilan abbrevitura (lotincha - qisqa degan ma'noni beradi) sózlar ham qofiya órnida kelaveradi. Mazlum Sharqqa mash'al
Ózbekiston ilm-fani, dorulfununini ta'riflar ekan, bulolur kózgu - barhayot O'zGU (11.76) qofiyasini keltiradi. Ushbu qofiyada orginallikdan tashqari ma'no jihatdan mantiqiy bog'lanish ham kuchlidir. Shoir O'zbekiston mazlumlarga kózgu demoqchi bólar ekan, ma'rifat va ziyo óchog'i O'zGUning ham kózgu bóla olishini ta'kidlaydi.
"Volxovda chózilgan ilk sim" ida ham, "Domnalarning otash nafasi"da ham, hullas, qaynoq, hayotning eng jóshqin momentlarida Kommunistik yoshlar internatsionalining aktiv rolini ta'kidlashda "simning - kimning" (1,107), fashizm eng katta gigantlarimizni barbod qilishga uringanda ham aqldan adashmadik degan tezesni kuchliroq uqtirishda Dnepr GES imizni - jóymadik esimizni". (21,208) singari qofiyalar qól keladi. Shuningdek MGU ning - kózguning (11,200), samoning - GOELRO ning) kabi qofiyalar mazmuniy kenglikni kichik ibora berishda, diqqatga moillik bólgan asosiy fikrni tashuvchi sózni qofiyada ajratib kórsatish uchun xizmat qiladi.
G'.G'ulom - fikr doirasi keng shoir, fikr ifodasi oldida bir bóg'indan tashkil topgan yoki alohida olingan bir tovushdan yasalgan qofiya usulidan ham cheklamasdan, dadillik bilan foydalanaveradi. Masalan: "Uqi" she'rida "óq" sóziga faqat "G" tovushining ózinigina qofiyadoshlikga kiritgan. Bunday hodisalar qofiyani mavzuga to'lig'icha bóysundira olgan shoir uslubiga hosdir, holos.
G'.G'ulom qofiyasi temadan kelib chiqadi, mavzuga oid sózlar qofiya zanjiridan órin oladi. Shuning uchun ham uning qofiyasida leksik harakatdan bir xil sózlarni takrorlash uslubga yot narsadir; mavzu yónalishiga qarab har bir she'rida yangidan - yangi qofiyalarga murojaat qiladi.
Shoirning "Ulug' rus xalqiga" sheriga nazar tashlar ekanmiz quyidagicha qofiya kartinasini kóramiz: bulur-durust bólur, russai-ózingsan, kózim ochmish - nurin sochmish, jaranggos - ovoz, yuksak MGUlari - Volga - Donning suvlari, rus xalqi - quyoshdan balqi, yetuk geografiyasi - ta'lim olgan miyasi, mexribonsan - chin insonsan, munchalar qadirdonsan - bir jahon, og'a - rus - dub-durust, kitob -oftob, tashakkur - toparkan huzur, falsafasin - Pushkin lirikasin, omon bólur - zamon bólur. (11 t. 242-244- bet)
Qofiya silsilasining ózidayoq ulug' rus xalqi bosib ótgan, revolutsion tarixiy yólini: mazlum ellarga nisbatan ma'rifatparvarligiyu, inqilobiy faoliyati, Sharqda quyoshday ma'shalligi aql geografiyasining yetukligiyu, Lekin ta'limotidan ta'lim olgan ongi, mehrubonligiyu, jaxoniy chin insonligi, donishmandligiyu, "Kreml yulduzlari jahon uzra" oftobligi, ilmidan ózgalarning ziyo olishiyu, Lomonisov, Mendeleyevning muallimligi, zór kimyogarligiyu, insonlarning mazlumlarining insonligidan xabar berishi, bugun barcha el Radishchev falsafasini, Pushkin lirikasini óqishiyu, undan xuzur qilib tashakkur aytishi va nihiyat og'a rus omon bólishiyu, muborak zamon bólishiki oldindan eslatib turadi.
Qofiya tartibining ózidayoq fikr kompozitsiyadan dalomat berib turadi; xuzur- tashakkur, qofiyasidan sóngroq falsafasin - lirikasi qofiyasi tadrijiy ravishda keladi ki oldingisining mantiqiy bog'lanishi, davomi bólib chiqadi. Boshqacha aytganda nimadan huzrlanish va nimaga tashakkur aytish aniq eslatib turadi. Temaning harakteriga kóra qofiya tabiati shoir ijodida ozgarib uning repertuari leksik va sematik jihatidan kengayib boradi. Ma'lum bir qofiya asardan - asarga otib yangilanib boradi. Ózbek klassik va sovet poezasida " Quyosh" eng kop qofiya órnida keluvchi sóz bolib " yosh" , " bosh" , "Tosh" sózlari qofiyalanib kelingan. Deyarli aksariyat shoirlar anashu qofiya juftligidan nariga ótmaganlar. G'.G'ulomda "quyosh" tema va mazmunning talabiga kóra quyidagicha sozlar bilan qofiyadosh bolib keladi: quyoshi-yóldoshi, (11,211), yovvosh-quyosh (11,138), quyoshli-qoshli (11,281), quyosh-kengash (11,114), qarindosh-quyosh (11,123), quyosh-tutash (11,309), fosh-quyosh (116,130-bet) chalamiz-quyoshchalarimiz(11,32) yoldoshi-boshi-quyoshi(11,215) quyoshim-boshim-qoshim(11,289) yoshigacha - qardoshigacha - quyoshigacha (11,161) kabilar. "Quyosh" sozi afikslar yordamida 5 hil versiyasiga ega bolib oziga undosh bir qator sózlarni qofiyadoshlikga qabul qilgan shoir mahsus va ongli ravishda "quyosh" soziga yangi variant - qofiyadosh sóz izlagan emas, balki mavzu va fikrning yonalishiga kóra tabiy holda óz ózidan kelib chiqgan. Komunizm qurilishining ulug'vor programmasi malum xalqlarining milliy ozodlik kurashi va revolutsion tarixiy ótmishi hozirgi zamon imperializmining yaramas kirdikorlari haqida sóz yoritmasin, shoir shu voqeaga oid tushunchalarini ifodalaydigan sózlarni dastavval qofiyaga ajratadi hamda albatta, unga qofiyadosh soz topadi. Uning qofiya yoki repertuaridan paxtazor - hazor bor (11,176), oqiniman-yaqiniman (11,22), erkin-fin (11,72), sadr - kadr (11,99), misr - ehromlaridan - anglo - sasonlaridan (11,122) kótaradi - qad - ma'lum- meboshat (11,149) cherchillarning dillaring (11,162), nomga yarasha - bu yaxshi (11,168), qirg'izlar - yulduzlar (11,175) osetinlargacha jahongacha (11,311), gapak (ukraincha) - chapak (1,178), tarozibon - goshtor yapon (1,209), yashov ish - richerd fish (1,205), boyvachchasin - gayshasin (yaponcha) (1,200), raxnamo - ul-sog ul (ozorcha) (11,167) singari SSSR va chet xalqlari leksikasi órin olgan ki, bu qofoyaning asar mazmuni va mavzusi bilan nechog'lik mustahkam aloqada ekanligi bilan izohlanadi.
Nafatorlik G'.G'ulom poezasining nervini tashlik qiladi. Mavzu tanlashdan tortib kompozitsiyagacha, ritmdan poetik sintezgacha, vazndan bandgacha, qofiyadan sheriy nutqga hos oddiy tanish belgilarigacha, yangicha uslub, yangicha an'ana tarkib topdi.
"Qofiya, vaznu ilhom shoirga juda kerak" vazni qofiyasi mustahkam hayot" deb ta'kidlagan shoir qofiyaningyangidan yangi forma va funksional yuklamasini kengaytirib navatorlikga erishdi.
Mazmuning yuksak ifodasi yólida qofiyaning normal shakli va leksik bir xillikdan chekinib asar personaji nomi fikr obyekti bólgan narsa - hodisalar nomi qofiyaga ajratish va unga albatta mavzu yónalishiga mos ravishda qofiya tanlash san'atini amalda keng qolladi. Qofiyada ishora qilingan kishilar nomi yoki talmeh san'ati darajasiga aylangan tarixiy shaxslar (shox, darvesh, olim, afsonaviy qahramon) nomi kichik iborada keng fikrlash imkonini beradiki, shoir aytmoqchi bólgan tushunchani konkretlashtirish va tipiklashtirish maqsadida, bayonni kótarinki va mubolig'aliroq qilib berishda muxum omil sanaladi.
Chingiz - kimsasiz iz (1,17) talmih qofiyasi kóhna tarixning zahkatkash onlarini avra - astar qilib tashlasa, janob Cherchil - qótir fil (11,74) da esa achchiq kinoya va g'azabining kichi ufurib turadi, bunday qofiyaning ma'no salmog'i va fikr ob'yektini ta'kidlab kórsatish kuchini chuqur his qilgan shoir ayrim asarlarini qayta ishlash protsesida huddi shunday qofiya hisobiga boyitdi. Ma'lumki shoirning "Ko'kan" poemasi - ikki variantga ega. Birinchi variantida kókan nomiga faqat "ekan" sózi qofiyadosh bólib boshqa xech qanday kishi nomi bilan bog'liq qofiyadoshlik uchramaydi. Ikkinchi variantida tamomila boshqacha manzarani kóramiz kókan nomiga undan ortiq (ekan,kórmagan,ótgan,egallagan,aytgan,kómgan,tikan,kókanchami, kami - kókanboyga - quriltoyga, Kókan inim - unum kabi) sóz qofiyadosh bólib kelgan. Qayta ishlash davomida yangi obrazlar kelib qóshildi. Shoir ularning haralter hususiyati, mehnat va jamiyatda tutgan órni sinfiy pozitsiyasini anglatuvchi sóz bilan nomlarini qofiyadoshlikga kiritadi. Natijada aftor fikrni ta'kidlab kórsatuvchi orginal qofiyalar yuzaga keladi: Mamaniyoz - oz - moz, Sharifboydan - uylan - joylan, Tursunovga - dadil - tikka, Sharif Ilhom - mulla Bahrom, Ostonaqul - qarsak qabul, Sinf kabi - Said Nabi, Niyoz - ovoz, holdosh - yovvosh kabi qofiyadosh sózlar bilan kishilar nomi órtasida mantiqiy bog'lanish mavjud, boshqacha aytganda qófiyadosh sóznon - obrazning ma'no izohlovchisidir fikrni aniq va chuqur, mantiqni qat'iy hamda keskin tus oldirish uchun qofiyada geografik nomlardan unumli foydalanadi. Bu shoir falsafasini kengaytirish tarixiy harakatlarni esa ochib tashlash antipartiya va simpatiyani kuchaytirish, fikr va g'oyani reallashtirishda óta qól keladi. U fikr tastig'i uchun geografik nomlarni "guvohlikka" chaqiradi.
" Men yahudiyman" sherida yahudiylarning tarixda tutgan órni eng qadimiy madaniy yodgorliklari ózi mustaqil halq sifatida shakllanganligini " tin kóhna falastin" qofiyasining guvohligida beradi ki ularning kimligini baytul muqaddas falastin (Quddus shahri) kabi yahudiy xalqlarining kóhna shahar muqaddas joylari va tarixi habar beradi.
Shoirning deyarli kópchilik she'rlarida geografik va kishi nomi qofiya bólib keladiki, bu G'.G'ulom qofiyasi hayotiy material va mavzuning talabidan kelib chiqishi, uning "buyrug'i" tufayli misra tizmasidan órin olishi bilan izohlanadi.
G'.G'ulom she'riyatida mazmun na g'oyadan holis turadigan qofiya yóq, uning uchun ham tarixiy haqqoniyatni aks ettirganda arab va fors, eski ózbek tiliga oid leksika, ózbek xalqining milliy sharoiti, urf-odati, o'ziga xos psixologiyasini ifodalaganda xalq jonli tiliga oid so'zlar qofiyadan o'rin olish bejiz emas.
Shoir qofiya lug'atini boyitishga doimo g'amxórlik qilib, shu vaqtgacha kutilmagan qofiyalarni qóllashga harakat qiladi. U originallikga erishibgina qolmasdan óziga xos uslubini ham saqlab qoladi: Dilshod-odamzod (98), xiroji-toji (107), shiori-kópansori (108), kapitalislar-iblislar (140), grajdanimiz-gardanimiz (162), bóstoni-kolxozistoni kabi qofiyalar originalligidan tashqari davrning ilg'or qarashlari xaqida, sherlarning "eng shóxgani"ni dostonlarning "eng tamtami" ni yozadigan shoir uslubini belgilaydi.
Uyg'unning mayin lirikasi "Yolchinlar - parchinlar", X.Olimjonning quvnoq va jarangdor poezasi kishilarimiz-rózg'orimiz (314), esirik-kesirik (120) kabi qofiyalarni qabul qila olmaydi, chunki bazi, ritm tarozisining toshi bunday qofiya salmog'ini kótarolmaydi bu faqat G'afurona uslubga xosdir.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish